Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta xomashyosining har tonnasiga 1 mln so‘m subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan 2025 yil hosilidan birja savdolari orqali sotilgan paxta xomashyosi uchun qishloq xo‘jaligi sub’yektlariga har tonnasiga 1 mln so‘mdan subsidiya ajratishni nazarda tutuvchi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Foto: Kun.uz
Qaror bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi sub’yektlariga 2025 yil hosilidan birja savdolari orqali sotilgan paxta xomashyosi uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizomga ko‘ra:
- 2025 yil hosilidan birja savdolari orqali sotilgan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi;
- nizom talablari 2026 yil 1 yanvargacha, spot shartnomalari bo‘yicha esa 2026 yil 1 aprelgacha amal qiladi.
Paxta xomashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi sub’yektlari:
- o‘zi yetishtirib sotgan mahsulotni 1 marta yoki bir necha qismida sotganidan qat’i nazar, subsidiya olish uchun 1 marotaba murojaat qilish huquqiga ega;
- “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsiyalashuv platformasida shaxsiy kabinet ochish orqali subsidiya olish to‘g‘risida ariza taqdim etadi.
Agroportal orqali shakllantirilgan, subsidiya ajratiladigan paxta yetishtiruvchilar ro‘yxati har oyning 10-sanasida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yuboriladi.
Tijorat banklari esa ajratilgan subsidiya mablag‘larini 3 bank ish kuni ichida paxta xomashyosi yetishtiruvchining 23410 hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Mavzuga oid
09:30 / 04.02.2026
Limonzor barpo etganlar subsidiya oladi
09:18 / 30.01.2026
1 fevraldan ayrim yoshlarga haydovchilik o‘quv kursi uchun subsidiya beriladi
13:35 / 29.01.2026
Ayrim talabalarning turar joyda yashash xarajatlari qoplab beriladi
18:18 / 28.01.2026