Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Vaşingtonda Amerika Qöşma Ştatlari savdo vaziri Hovard Latnik bilan muzokara ötkazdi.
Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, savdo va investitsiyaviy hamkorlikni faollaştiriş, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.
Prezident matbuot xizmatiga köra, keyingi yillarda tovar ayirboşlaş hajmi 4 barobar köpayib, qariyb 1 milliard dollarga yetgan. Özbekistonda AQŞning 300 dan ortiq kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Sanoat, qişloq xöjaligi, energetika va innovatsiya sohalarida qator yirik kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.


Savdo aloqalarini mustahkamlaş, hududlararo hamkorlikning samarali mexanizmlarini yaratiş, şuningdek, Muvofiqlaştiruvçi kengaş ta’sis etişdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. AQŞdan soya va paxta yetkazib beriş, şuningdek, Amerikaning ilğor tomçilatib suğoriş texnologiyalarini joriy etiş böyiça dastlabki şartnomalar tuzilgan.

Muzokaralar yakunida qöşma loyihalarni qöllab-quvvatlaş uçun investitsiya platformasini yaratiş orqali amaliy hamkorlikni faollaştirişga kelişib olindi.












