Jamiyat | 22:47 / 23.04.2021
16095
3 daqiqa o‘qiladi

Misoli Niderlandiya: Kosonsoydagi lola dalalarida bahori gulning 18 xil navi yetishtirila boshladi

Jahonda eng noyob lolalar Niderlandiyada yetishtiriladi. Namanganning Kosonsoy tumanida ham o‘tgan yildan boshlab mashhur holland lolalari yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.

Lola plantatsiyasi «Gulchilikni rivojlantirish markazi» tomonidan barpo etildi va Niderlandiyadan lola gulining qator navlari olib kelib ekildi.

Lolalar odatda tog‘li hududlarda o‘sadi. Salqinsevar bu gullar parvarishi uchun o‘ziga xos tabiati va iqlim sharoitga ega bo‘lgan Kosonsoy tumani tanlangani ham bejizga emas. Hozir 5 gektar yer maydonini egallagan ushbu plantatsiyada 30 dan ortiq aholi mehnat qilyapti.

«1981 yilda Germaniyaga borganimda, yo‘lning chetiga ekib qo‘yilgan lolalarni ko‘rib havas qilgandim. Mana o‘zimiz ham  o‘tgan yil kuzda Niderlandiyadan lola gulining 32 xil rangdagi 16 navi piyozidan 2 million 250 ming dona keltirilib, zamonaviy texnika yordamida ekdik. Maqsadimiz — shu lola gullari bilan o‘zimizda ham ko‘cha-xiyobonlarni bezashga hissa qo‘shish. Bu yil 18 xil lolaning 9 tonna urug‘ini qadadik. Har biridan 6 tagacha urug‘lik olish mumkin», — deydi fermer Zohidjon Bahromov.

Holland lolalari oddiy tog‘ lolasiga nisbatan ancha chidamli hisoblanadi, ochilgach gulini 1-2 oygacha yaxshi saqlab turadi. Hatto uzib olinganida ham, 25 kungacha holatini yo‘qotmaydi.

«Lolalar kechki paytda o‘ziga xos ifor taratadi, har birining ifori o‘zgacha. Bu yerdan chiqib ketgingiz kelmaydi. Ko‘rgan odamning bahridili ochiladi. Odamlar butun respublika bo‘ylab ko‘rgani kelishyapti, Hollandiyani shu yerga olib kelib qo‘yibsizlar deya rahmat aytib ketishyapi. Bu gaplarni eshitib yanayam quvonib ketaman, shuning o‘zidan rohatlanib, kundan kun yosharyapman, nazarimda», — deydi Dilfuza Rahmonberdiyeva.

Lola guli qimmatbaho sanoat xomashyosi hisoblanadi. Fermerning so‘zlariga ko‘ra, lola guli farmatsevtikada ham keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, rang-bo‘yoq olish va parfyumeriya mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Kelajakda Hollandiya bilan hamkorlikda mana shunday istiqbolli loyihalar amalga oshirish rejalashtirilyapti.

Yulduz Yuldasheva tayyorladi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda