Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent havo ifloslanishi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi
20 noyabr kuni Toshkent shahri atmosfera havosidagi PM2,5 mayda dispers zarrachalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan 3,4 baravar yuqori qayd etildi. Aholi va mehmonlarga ochiq havodagi faoliyatini cheklash va niqob taqib yurish tavsiya etildi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Xalqaro havo sifati indeksi (IQAir) tomonidan e’lon qilingan reytingga ko‘ra, 20 noyabr kuni Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egalladi.
Poytaxtda havo sifati indeksi 20 noyabr kuni kunduzi 250 birlikni tashkil etdi va soat 18:23ga kelibgina, havo iflosligi bo‘yicha reytingda o‘z o‘rnini Lohur shahriga “bo‘shatib berdi”.
Soat 18:25 holatiga eng yuqori uchlikda quyidagi shaharlar qayd etildi: 1-o‘rin – Lohur, 2-o‘rin – Toshkent va 3-o‘rin – Dehli.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday ko‘rsatkich sog‘liq uchun xavf tug‘dirib, ayniqsa bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor shaxslar uchun xavf darajasini oshiradi.
20 noyabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra avtomatik monitoring stansiyalari ma’lumotlariga asosan, Toshkent shahri atmosfera havosidagi PM2,5 mayda dispers zarrachalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan 3,4 baravar yuqori qayd etildi. Aholi va mehmonlarga ochiq havodagi faoliyatini cheklash va niqob taqib yurish tavsiya etildi.
Mavzuga oid
18:51 / 29.05.2026
Toshkentda yaxshi yashash uchun qancha pul kerak?
17:54 / 29.05.2026
Chirchiqda qarovsiz hayvonlar uchun yirik boshpana quriladi
18:28 / 28.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini Xitoy kompaniyasi quradi. Loyiha qiymati - 2 mlrd 185 mln dollar
17:12 / 27.05.2026