Toshqulov yana ikkita vazirlik qo‘shilishi mumkinligini istisno qilmadi
28 dekabr kuni AOKAda ma’muriy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha prezident farmoni va qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha qator vazirlik, idora xodimlari bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda adliya vaziri Akbar Toshqulov ham qatnashib, OAV vakillarining savollariga javob berdi.
Adliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, hukumatdagi o‘zgarishlar shu bilan tugab qolmaydi va ular doimiy bo‘ladi. Vazir yana ikkita vazirlik qo‘shib yuborilishi mumkinligini istisno qilmadi.
«Islohotlar bir martada bo‘ladigan ish emas, ular doimiy davom etadi. Masalan, Qishloq xo‘jaligi va Suv xo‘jaligi vazirligini aytyapsiz, ma’lum bir bosqichdan keyin [bu ikki vazirlik] qo‘shilishi mumkin. Yoki yana boshqa vazirliklar qo‘shilib, ixchamlashishi mumkin», deb Toshqulovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma’lumot uchun, prezident 20 dekabrda parlamentga qilgan murojaatnomasida vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytirilishini ma’lum qilgandi. Shunga muvofiq, Istisodiyot va Moliya vazirliklari qo‘shib yuborilgandi.
Mavzuga oid
21:56 / 30.03.2023
“Har besh ming yoki o‘n ming odam partiya ochaversa, saylov varag‘i ham yetmay qoladi” - adliya vaziri
18:16 / 30.03.2023
Prokuratura va qamoqxonalar Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tishi kutilmayapti – Akbar Toshqulov
23:12 / 28.12.2022
Adliya vaziri Prezident administratsiyasida ham o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini aytdi
17:33 / 28.12.2022