Özbekiston prezidentining tegişli farmonlari bilan, ayrim huquqni muhofaza qiluvçi idoralar rahbarlariga yangi unvonlar berildi.
Boş prokuror Niğmatilla Tölqinoviç Yöldoşevga 2-darajali davlat adliya maslahatçisi maxsus unvoni berildi.

Içki işlar vaziri Aziz Anvaroviç Toşpölatovga general-leytenant maxsus unvoni berildi.

Mudofaa vaziri Şuhrat Ğayratjonoviç Xolmuhammedovga general-leytenant harbiy unvoni berildi.

Davlat xavfsizlik xizmati raisi örinbosari Bahrom Asiloviç Raşidovga general-mayor harbiy unvoni berildi.

Unvonlarni prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida, 27 avgust kuni tantanali tarzda topşirdi.
Tadbirda, şuningdek, adliya vaziri Akbar Jöraboyeviç Toşqulov “Döstlik” ordeni bilan taqdirlandi.












