Mir Arab oliy madrasasi yangi binoga ko‘chib o‘tadi
Buxoro viloyatidagi Mir Arab oliy madrasasi va Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti faoliyati yanada takomillashtirilib, moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi hamda diniy-ma'rifiy sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi.
«Kun.uz»ga ma'lum bo‘lishicha, Buxoro shahri Poyi Kalon majmuasidagi moddiy madaniy meros obekti hisoblangan Mir Arab va Sayid Amir Olimxon madrasalari binolariga Mir Arab oliy madrasasi tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Shuningdek, Buxoro shahri Abu Havs Kabir ko‘chasida joylashgan Buxoro ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internatining bino va inshootlari tegishli hudud bilan birgalikda Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurtiga bepul beriladi.
Buxoro viloyati hokimligi Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurtiga zarur infratuzilma obektlarini qurish uchun Buxoro shahar Abu Havs Kabir ko‘chasidagi Buxoro ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internatiga tutash hududning shimoliy-g‘arbiy tomonidan 1,4 gektar maydonni doimiy foydalanish huquqi bilan ajratadi.
Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti hududida barpo etiladigan infratuzilma obektlaridan Mir Arab oliy madrasasi ham foydalanadi.
Mir Arab oliy madrasasi va Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti bino va inshootlarida amalga oshiriladigan restavratsiya-tiklash, qurilish-ta'mirla va jihozlash ishlari O‘zbekiston respublikasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash direksiyasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda Mir Arab oliy madrasasi xorijiy davlatlar ta'lim muassasalari bilan belgilangan tartibda hamkorlik o‘rnatishida amaliy yordam ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, Mir Arab oliy madrasasi 2017 yilning martida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida bergan ko‘rsatmasi bilan tashkil qilingandi.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
20:48 / 09.10.2024