Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luvr - O‘zbekiston madaniyati bilan tanishish uchun o‘ziga xos markazga aylanadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» formatidagi delegatsiyalar rahbarlarining majlisida ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida ikki mintaqa o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, jumladan, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirishga chaqirdi.
«Yevropalik hamkorlarni mintaqamiz xalqlarining noyob tarixiy merosi, boy madaniyati va an’analari bilan keng tanishtirish maqsadida biz noyabr oyining ikkinchi yarmida Parijning Luvr muzeyida yirik ko‘rgazma tashkil etishni rejalashtirganmiz.
Bunday tadbirlarni har yili – Yevropa davlatlarining poytaxtlarida va madaniyat markazlarida hamkorlikda o‘tkazib borish tarafdorimiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, davlatimiz rahbari turizm sohasida yirik imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, kelgusi yilda Xiva shahrida o‘tkaziladigan «Yevropa Ittifoqi –Markaziy Osiyo» birinchi turizm forumi doirasida Yevropaning yetakchi operatorlari e’tiboriga Umumiy mintaqaviy turizm mahsulotlari konsepsiyasini taqdim etishni taklif etdi.
Mavzuga oid
15:08 / 20.10.2025
«Atigi 7 daqiqada va bezbetlarcha» – Luvr muzeyidan «bebaho» zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
11:26 / 03.02.2025
Luvr muzeyida “Mona Liza”ni tomosha qilish uchun alohida chipta sotiladi
21:29 / 22.12.2024
Dunyoga mashhur «Mona Liza»ni kim va qanday o‘marib ketgandi?
20:52 / 28.01.2024