Parijdagi Luvr muzeyida Leonardo da Vinçining maşhur “Mona Liza” asarini körişni istaganlar uçun qöşimça çipta joriy etiladi. Bu haqda muzey direktori Lorens de Kars ma’lum qildi.
28 yanvar kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “Luvrning yangi uyğoniş davri” dasturini e’lon qilgandi. Dastur doirasida muzey restavratsiya qilinadi. Undan avval de Kars bino qoniqarsiz holatga kelib qolgani haqida hukumatga xat yöllagan.
Makron restavratsiya doirasida bir neçta yangiliklar e’lon qildi. Xususan, 2031 yilgaça muzey uçun yangi va katta kiriş zali barpo etiladi, “Mona Liza” asari alohida xonaga köçiriladi hamda bu xonaga kiriş uçun alohida çipta sotib oliş kerak böladi. Şuningdek, 2026 yil 1 yanvardan boşlab Yevropa Ittifoqiga a’zo bölmagan mamlakatlardan kelgan mehmonlar uçun muzeyga kiriş narxlari oşirilişi rejalaştirilmoqda.
“Özgarişlardan biri şuki, körgazmalar va doimiy kolleksiyalarga kiriş uçun bitta çipta, ‘Mona Liza’ni köriş uçun esa qöşimça çipta joriy qilinadi”, — deb tuşuntirdi de Kars.
Hozirda Luvrga kiriş çiptasi narxi 22 yevro. 26 yoşgaça bölgan Yevropa Ittifoqi fuqarolari uçun kiriş bepul. Çipta Luvrga taşrif buyurilgan kun va keyingi kuni Ejyen Delakrua nomidagi Milliy muzeyga ham kiriş huquqini beradi.










