19 oktyabr kuni öğrilar Parijdagi Luvr muzeyining ikkinçi qavatiga narvon orqali çiqib, oynalarni sindirdi va kuppa-kunduz kuni dunyodagi eng maşhur muzeyga bostirib kirdi. Jinoyatçilar bir neça daqiqa içida eng qimmat zaldagi javohirlar va olmoslar bilan bezatilgan 8 ta bebaho buyumlarni olib qoçdi. Emmanuel Makron buni «tarixga qilingan hujum» deb atadi va «asarlarni qaytariş uçun hamma narsa qilinayotganini» aytdi.
19 oktyabr kuni Fransiyada köz körib, quloq eşitmagan, filmlardagi kabi öğrilik sodir böldi. Parijda joylaşgan dunyoning eng maşhur va uluğvor muzeyi – Luvr öğrilar tomonidan kuppa-kunduz kuni tunab ketildi.
Öğrilik qanday sodir böldi?
Öşa kuni tongda Luvr eşiklari oçilganidan 30 daqiqa ötib – 9:30 da ikki nafar öğri binoning janubiy tomonidan ikkinçi qavat balkoniga çiqdi. Ular yuzlarini berkitgan holda Parij köçalarida köp uçraydigan, odatda kvartiralarga derazadan katta mebellarni olib kirişda işlatiladigan yuk kötaruvçi elektr narvondan foydalanişgan.
Foto: Reuters
New York Times’ning yozişiça, balkonga çiqqaç, öğrilar tokda işlaydigan oyna kesuvçi qurilma — grinder bilan oynani sindirib, xavfsizlik signalizatsiyasini işga tuşirgan. Şundan söng, öğrilar Luvr muzeyining oltin suvi yugurtirilgan Galerie d'Apollon zaliga bostirib kirişdi.
Foto: The Guardian
Muzeyning aynan şu qismida qirollik javohirlari va toj olmoslari joylaşgan qator vitrinalarda namoyiş etilgan.
Foto: AFP
Ular ikki vitrinalarni sindirib, sakkizta noyob buyumni qölga kiritişdi. Keyin öğrilar öşa narvon orqali Siyena daryosi böyidagi yölga qaytib tuşişgan hamda ularni kutib turgan ikki şerigi bilan birga moto-skuterlarda qoçib ketişdi.
Bebaho buyumlarni olib qoçiş uçun — jami olti-yetti daqiqa yetarli böldi. Bu — Luvrda hozirgaça sodir etilgan eng dadil va ehtimol, eng qimmat öğrilik böldi.
Mavzuga oid
9 min
Öğrilar nimalarni olib ketdi?
Rasmiylarning sözlariga köra, yakşanba kuni sodir bölgan öğrilik çoğida Luvr muzeyidan «hisoblab bölmas» qiymatga ega sakkizta zargarlik buyumi öğirlab ketilgan.
Jinoyatçilar Luvrning Apollon galereyasini nişonga olişgan — bu yerda Fransiyaning tarixiy toj javohirlari kolleksiyasi saqlanadi.
Imperatritsa Yevgeniyaning diademasi / Foto: Steve Hamblin/Alamy
Öğirlangan buyumlar qatorida imperatritsa Yevgeniyaning diademasi bor. Bu diadema 212 dona marvarid, 1 998 dona brilliant va 992 dona «gulbarg» uslubida kesilgan brilliant bilan bezatilgan.
Yevgeniyaning bezakli kamari / Foto: Imago, via Zuma Press
Imperatritsa Yevgeniyaning bezakli kamari esa – yaltirab turgan, zargarlik toşlari bilan bezatilgan buyum imperatritsaning eng maşhur aksessuarlaridan biri bölgan. U 2 438 dona brilliant va 196 dona «gulbarg» kesimli brilliant bilan bezatilgan.
Öğirlangan buyumlar orasida malika Mari-Ameliya va malika Ortansga tegişli sapfir töplamidan diadema, sirğalar va marjon, şuningdek, Napoleonning ikkinçi rafiqasi – Mariya Luiza uçun tayyorlangan zumrad töy sovğasi töplamining ayrim qismlari mavjud.
Öğrilar şoşilinç qoçiş çoğida imperatritsa Yevgeniya uçun 1855 yilda yaratilgan tojni tuşirib yuborgan. U sakkizta oltin burgut, 1 354 dona brilliant, 1 136 dona «gulbarg» uslubida kesilgan brilliant va 56 dona zumraddan iborat. Parij prokuraturasi yana bir zargarlik buyumi ham «jinoyatçilar qoçişi çoğida yöqotilgan yoki taşlab ketilgani»ni bildirdi, ammo u qaysi buyum ekanini oçiqlamadi.
Öğrilar qoçayotganda tuşirib yuborgan imperatritsa Yevgeniya toji / Foto: Stephane De Sakutin /AFP – Getty Images
Şuningdek, ular Sotheby’s tomonidan 60 million dollardan ortiq baholangan maşhur «Regent» olmosiga ham tegmagan.
Rasmiylar nima deydi?
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ijtimoiy tarmoqlarda bu öğirlikni «biz ardoqlaydigan meros — tariximizga qilingan hujum» deb atadi. «Biz asarlarni qaytaramiz va jinoyatçilar javobgarlikka tortiladi. Bunga erişiş uçun hamma joyda, hamma narsa qilinmoqda».
«Bu film yoki serialdan olingan ssenariyga öxşaydi», dedi Luvr joylaşgan Parij markazi meri Ariyel Veyl. «Ular eng qimmatbaho narsa — nafaqat moddiy nuqtai nazardan, balki ramziy jihatdan ham», dedi u intervyusida.
Foto: Reuters
Hokimiyat vakillarining aytişiça, tergovçilar öğrilar taşlab ketgan buyumlar va kuzatuv kameralaridagi tasvirlarni örganmoqda. «Bu katta kölamli öğirlik», dedi içki işlar vaziri Loran Nyunez.
Nyunezning aytişiça, öğirlik aniq rejalaştirilgani va tezligi bilan tajribali jinoyatçilar guruhiga xos «qöl yozuvi»ni körsatadi. Buzib kirilgan paytda muzey allaqaçon taşrifçilarga töla edi. Oltin bezakli Apollon galereyasida yoki uning yaqinida beş nafar muzey xodimi bölgan.
Fransiya madaniyat vazirligi bayonotiga köra, ular Luvrning xavfsizlik protokoliga muvofiq «odamlar xavfsizligini ustuvor qilgan holda» politsiyaga murojaat qilişgan. Heç kim jarohat olmadi, dedi vazirlik, biroq Parij prokuraturasi xodimlarga öğrilar tomonidan pöpisa qilinganini bildirdi.
Parij prokurori Lor Bekkoning aytişiça, jinoyatçilar zaldagi eng qimmat — 60 million dollarlik olmoslarga tegmagan.
«Nega uni olmay ketişganini tuşuntira olmayman. Ular qölga olingaç, kimning buyurtmasi bilan harakat qilganini bilamiz», — dedi Bekko.
Reuters’ning yozişiça, jinoyatçilardan biri sariq xavfsizlik jileti kiygan bölgan — u tergovçilar tomonidan topilgan. Şuningdek, ular qoçiş çoğida kranni yoqib yuborişga uringan, biroq muvaffaqiyatsiz bölgan.
Foto: Reuters
«Hozirça barça ehtimollar örganilmoqda. Jinoyat ehtimol buyurtma asosida — xususiy kolleksioner uçun amalga oşirilgan bölişi mumkin. Agar şunday bölsa, öğirlangan asarlar yaxlit holda qaytarilişi ehtimoli bor», — dedi prokuror. Agar öğrilar faqat qimmatbaho toş va metallga qiziqqan bölsa, buyumlar eritib yoki qora bozorda sotilişi mumkin.
Içki işlar vaziri Loran Nyunez voqeani tergov qiliş işi yirik öğirliklar bilan şuğullanuvçi maxsus politsiya bölimiga topşirilganini aytdi.
Madaniyat vaziri Raşida Datining aytişiça, sönggi 40 yil içida yirik muzeylarni himoya qiliş masalasiga e’tibor juda kam bölgan. «Luvr rahbari ikki yil avval politsiyadan xavfsizlik auditi ötkazişni söragan edi. Çunki muzeylar jinoyatçilikning yangi şakllariga moslaşişi kerak. Bugungi kunda bu — taşkilotli, professionallar tomonidan amalga oşiriladigan jinoyatlar», dedi u.
Luvr va muzeylardagi öğriliklar
Sobiq qirollik saroyi bölgan bino Fransuz inqilobidan keyin muzeyga aylantirilgan. Unda 33 mingdan ortiq asar saqlanadi: Qadimgi Yunoniston, Misr va Mesopotamiya haykallari, Yevropa va Osiyoning yirik san’at asarlari ham şu yerda joylaşgan.
Har kuni muzeyga 30 minggaça inson muzeyga taşrif buyuradi, bu uni dunyodagi eng köp taşrif buyuriladigan muzeyga aylantiradi. Eng maşhur asar — Leonardo da-Vinçining «Mona Liza» asari atrofida şu qadar katta gavjumlik bölişi sababli, şu yil boşida unga alohida bino qurilişi aytilgandi.
Foto: Reuters
NYT'ning yozişiça, Luvr — sönggi paytlarda öğirliklardan zarar körgan Fransiya muzeylarining navbatdagisi.
Ötgan hafta Korreze şahrida sobiq prezident Jak Şirak nomidagi muzey qurollangan va niqoblangan şaxslar tomonidan talandi, oradan bir neça soat ötib, tört kişi hibsga olindi.
Sentyabr oyida öğrilar Luvrdan bir neça metro bekati naridagi «Tabiiy tarix» milliy muzeyidan taxminan 700 ming dollarga teng xom oltin quymalarini öğirlab ketişdi. Öşa oyda «Adrien Dubouché» muzeyidan 9,5 million yevroga baholangan ikki likopça va bir vazona öğirlaşdi.
Yakşanba kungi öğirlik Luvr tarixidagi eng maşhurlaridan biriga aylanişi mumkin, biroq u birinçisi emas. Muzey ilgari ham bir neça bor yirik öğirliklar nişoni bölgan.
Foto: Roger-Viollet/Getty Images
Xususan, Luvrdagi eng maşhur öğirlik 1911 yil yozida sodir bölgan. Öşanda «Mona Liza» portreti muzey xodimi Vinçenso Perujja tomonidan öğirlangan. Ikki yillik şov-şuvli yorituvlardan söng, Perujja Italiyada rasmni sotmoqçi bölganida qölga olingan va asar qaytarilgan.