Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana 200 mln dollar. Jahon banki O‘zbekistonga qo‘shimcha mablag‘ ajratadi
Foto: Getty Images
Jahon banki rahbariyati O‘zbekiston sanoat korxonalari energiya samaradorligini ko‘paytirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun 200 million dollarlik miqdorda qo‘shimcha moliyalashtirishga tayyorgarlik ko‘rishga ruxsat berdi, deb xabar qilmoqda Iqtisodiyot vazirligi.
Murojaat bank direktorlar Kengashining tasdiqlashi uchun 2018 yil yanvar oyi boshiga kiritilgan.
Sanoat ishlab chiqarilishida energiya samarador texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha kredit liniyasi prezidentning “Jahon banki bilan moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi bilan nazarda tutilgan. Hujjat bilan Jahon banki ishtirokida 2016-2020 yillarda amalga oshiriluvchi investitsiya loyihalari bo‘yicha tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
O‘zbekiston sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha loyiha Xalqaro Taraqqiyot Assotsiatsiyasi ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
11:25 / 24.03.2026
Jahon banki Surxondaryoda yo‘l qurishga 200 mln dollar ajratadi
10:09 / 24.02.2026
JB: Ukrainani tiklash uchun 588 mlrd dollar kerak bo‘ladi
22:40 / 23.01.2026