Jahon | 19:50 / 16.04.2017
5154
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda cherkov oldidagi otishmada 4 bola jarohat oldi

Foto: twitter.com/MelanieYuill

AQShning Birminem shahridagi (Alabama shtati) cherkov oldida sodir etilgan otishmada kamida 4 kishi jarohat oldi. Bu haqda ABC telekompaniyasi xabar bermoqda.

Voqea 15 aprelda mahalliy vaqt bilan soat 21:23da yuz bergan. Jarohatlanganlar bir yoshdan kichik bola va 3 o‘smir bo‘lgan. Ularning barchasi shifoxonaga yetkazilgan. Ta'kidlanishicha, ularning hayotlari xavf ostida emas. 

Ma'lum qilinishicha, cherkov yonida an'anaviy bahorgi festival o‘tayotgan bo‘lgan. Bayramga 900 ga yaqin odam yig‘ilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bir necha kishi o‘rtasida janjal chiqqan va so‘ngra otishma yuz bergan. 

Ma'lum qilinishicha, besh kishi so‘roq qilish uchun ushlangan.  

Mavzuga oid