O‘zbekiston | 13:57 / 12.02.2020
2945
2 daqiqa o‘qiladi

Ilmiy-tadqiqot muassasalarini budjetdan moliyalashtirishga o‘tiladi

Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta'lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish mo‘ljallangan

Foto: Shutterstock

O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot muassasalarini budjetdan moliyalashtirishga o‘tiladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

2020 yil 1 aprelga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

qishloq xo‘jaligi ilmiy salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish;

ilmiy-tadqiqot muassasalarini budjetdan moliyalashtirishga o‘tish;

fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy shakllarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;

xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy smart, resurstejamkor va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha tor ixtisoslikdagi malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Innovatsiya vazirligi.

Mavzuga oid