Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatida qo‘shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etildi
Tadbirkorlik sub'yektlarini Andijon viloyatining kichik sanoat zonalariga jalb etishga doir qo‘shimcha-chora tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, qaror bilan Andijon viloyatida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida qo‘shimcha ravishda kichik sanoat zonalari tashkil etildi.
Qarorga muvofiq kichik sanoat zonalari hududidagi davlat mulki tadbirkorlarga 10 yil muddatga ijaraga beriladi. Biznes-rejalar bajarilgan, ish o‘rinlari tashkil etilgan va saqlab qolingan, barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida to‘langan taqdirda ularga mulk huquqi beriladi.
Ijaraga olingan maydonga ijara to‘lovi oshib boradigan koeffitsiyentlarni qo‘llamasdan minimal stavkalarda belgilanadi.
Shuningdek qarorga ko‘ra kichik sanoat zonalari hududida umumiy qiymati 300 mlrd so‘m bo‘lgan, importning o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025