Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 3 kilogrammga yaqin «gashish» bilan qo‘lga tushgan jinoiy guruh fosh etildi
Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «Andijon – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan avtomashinadan 3 kilogrammga yaqin giyohvand moddasi topildi, ikki nafar shaxs ushlandi.
Foto: DXX
Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Andijon viloyatining Bo‘ston tumanidagi yo‘l-patrul xizmati maskanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Xususan, "Andijon – Toshkent" yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda to‘xtatilib tekshirilganida, uni boshqarib ketayotgan, Andijon shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan J.R.ga tegishli 2 kg 994 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sherigi hisoblangan, 1993 yilda tug‘ilgan G‘.N. ham qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, ular Qirg‘izistondagi narkosavdogarlardan 23 ming AQSh dollariga sotib olingan giyohvandlik vositasini kontrabanda yo‘li bilan mamlakatga olib kirib, Toshkent shahrida sotishni rejalashtirgan.
Hozirda og‘ufurushlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:24
Bobur shahrida rassomlar festivali tashkil etiladi
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
19:24 / 20.12.2025