Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi nufuzli kasb-hunar kollejlari 2017-2018 o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabul qiladi
Andijon viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi kollejlar 2017-2018 o‘quv yili uchun umumiy ta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini qabul qiladi. Ushbu ilm dargohlarida yoshlar har tomonlama yetuk bilim va ta'lim-tarbiya olishlari, hunar egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
ASAKA OZIQ-OVQAT SANOATI KASB-HUNAR KOLLeJI

720 o‘ringa mo‘ljallangan kollejning zamonaviy ko‘rinishdagi binosida yoshlar 5 turdagi hunar egasi bo‘lishlari uchun o‘quv ustaxonalari, o‘quv xonalaridan tashqari 4ta lingafon, bitta kompyuter xonami, to‘liq jihozlangan fizika va kimyo laboratoriyalari mavjud.
Kollejda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:
1. Oshpazlik;
2. Non-makaron mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha texnik-mexanik;
3. Yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha texnik-texnolog;
4. Kompyuter injyenerligi;
5. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik.



Tajribali pedagog Roza Burxanova boshchilik qilayotgan muassasada 55 nafar oliy ma'lumotli o‘qituvchi, 4 nafar katta usta, 11 nafar ishlab chiqarish ustalari yoshlarga ta'lim va tarbiya berib kelmoqdalar.
Manzil: Andijon viloyati, Asaka tumani, Arg‘in mahallasi 168-uy.Tel: (90) 217 07 39
ASAKA TUMANI QADIM TRANSPORT VA AGROSeRVIS KASB-HUNAR KOLLeJI

Asaka tumanidagi nufuzli kollejlardan biri hisoblangan Qadim transport va agroservis kasb-hunar kollejida 700 nafardan ziyod o‘quvchi ta'lim oladi. Keng va yorug‘, zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta'minlangan bilim dargohida yoshlar yetuk mutaxassis bo‘lib yetishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Isroiljon Nishonov rahbarligidagi muassasada o‘quvchilarga 25 nafar tajribali pedagog va 11 nafar ishlab chiqarish ta'limi ustalari saboq beradi.



Bilim dargohi 2017- 2018 o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlarda qabul e'lon qiladi.
1. Avtomobillarni ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik- mexanik;
2. Avtomobillarni yig‘ish va sinash bo‘yicha texnik-mexanik;
3. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha texnik-texnolog;
4. Tikuv va trikotaj kiyimlari ishlab chiqarish texnik-texnologi;
5. Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish(avtomobil transport) texnigi.
Manzil: Asaka tumani, Qadim qishlog‘i, Qipchoq mahallasi 142-uy. Tel: (93) 780 00 93
Vodiyda yagona bo‘lgan - ANDIJON TURIZM VA XIZMAT KO‘RSATISh KASB-HUNAR KOLLeJI

Joriy yilning may oyida tashkil etilgan vodiyda yagona - Andijon turizm va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida turli hududlardan kelib ta'lim oluvchilar uchun ham barcha sharoitlar mavjud. Jumladan muassasada 100 o‘rinli o‘quvchilar turar joyi, zamonaviy sport zallari, axborot va resurs markazi hamda ovqatlanish joylari o‘quvchilar xizmatida.



Ta'lim dargohi quyidagi yo‘nalishlarda ilk bora o‘quvchilar qabul qiladi:
1. Turistik xizmatlar tashkilotchisi: -tur-operator, -tur agent, -ekoturizm, -ekskursavod (tillar kesimida);
2. Dasturiy injyenering texnigi;
3. Sartaroshlik va dekorativ kosmetika ustasi;
4. Tikuv va tikuv-trikotaj buyumlari ishlab chiqarish texnik-texnologi.
Manzil: Andijon shahar, Bo‘ston dahasi Hamroqulov ko‘cha 20-uy. Veb sahifa: [email protected]
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025