O‘zbekiston | 22:19 / 09.01.2021
13545
2 daqiqa o‘qiladi

11 yanvardan barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an'anaviy shaklda boshlanadi

Xalq ta'limi vazirligining bildirishicha, II chorak oxirigacha o‘quvchilarning 90 foizdan ortig‘i an'anaviy shakldagi ta'limga qaytgan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Respublikada epidemiologik vaziyat barqarorlashgani tufayli 11 yanvardan III chorak darslari barcha maktablarda to‘liq an'anaviy shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar berdi.

2020-2021 o‘quv yilining birinchi yarim yilligida o‘quv jarayoni ota-onalar tanloviga ko‘ra an'anaviy va masofaviy shaklda tashkil etilgandi.

Xalq ta'limi vazirligining bildirishicha, II chorak oxirigacha 90 foizdan ortiq o‘quvchi an'anaviy shakldagi ta'limga qaytgan.

Respublikada epidemiologik vaziyat barqarorlashgani maktablarda an'anaviy ta'limga to‘liq qaytishga asos bo‘ladi.

Vazirlikning qayd etishicha, ikki chorak davomida masofaviy ta'lim olish jarayoni o‘quvchilarning darslarni to‘liq o‘zlashtirishlariga yetarli imkoniyat bermadi.

“Ayrim holatlarda o‘quvchilar televizion darslarni ko‘rish va o‘rganish o‘rniga vaqtini besamar o‘tkazish va ota-onalar tomonidan yetarli nazorat etilmasligi oqibatida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik holatlari ham kuzatildi. Shu bois ota-onalardan farzandlarining o‘z vaqtida bilim olishiga sharoit yaratish va maktabga yuborishlarini so‘rab qolamiz”, – deyiladi XTV xabarida.

Mavzuga oid