O‘zbekiston | 11:02 / 25.11.2025
2157
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent havosi doimiy onlayn nazorat qilinadi: 347 ta stansiya yagona tizimga ulanadi

Toshkent shahrida havo sifati real vaqt rejimida nazorat qilinadigan avtomatlashtirilgan tizim yaratiladi. Air Monitoring Uzbekistan platformasiga yuzlab stansiyalar ulanib, PM2.5 zarrachalarini chuqur tahlil qiladigan maxsus laboratoriya tashkil etiladi.

Foto: Kun.uz 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 24 noyabrda Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar haqidagi farmonni imzoladi. Hujjat poytaxtda havo ifloslanishini kamaytirish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan.

Ekologiya qo‘mitasiga havo sifati monitoringini kuchaytirish, Toshkentdagi ifloslanish darajasini doimiy kuzatib borish topshirilgan. 

Shu maqsadda Air Monitoring Uzbekistan platformasiga gidrometeorologik xizmat tizimidagi barcha kuzatuv stansiyalarini, jumladan, yangi o‘rnatiladigan avtomatik postlarni ulash rejalashtirilgan.

Farmonga muvofiq, atmosfera havosining PM2.5 kabi mayda zarrachalar bilan ifloslanish manbalarini aniqlashga ixtisoslashgan maxsus laboratoriya tashkil etiladi. 

U, jumladan, kosmik tasvirlar, zamonaviy o‘lchov uskunalari va modellashtirish texnologiyalari asosida tahlillar olib boradi, qabul qilinayotgan ekologik qarorlarni ilmiy jihatdan asoslashga xizmat qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid