Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talaba bo‘lishga nostandart yechim! «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti sizga oltinchi tanlovni taqdim etdi
Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti bakalavriatning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish 1 avgustga qadar davom etishini ma’lum qiladi.
Bakalavriat (ta’lim tili – ingliz tili):
• Turizmda logistika;
• Smart turizm;
• Turizmda media va kommunikatsiya;
• Menejment;
• Amaliy tillar;
• Gid – tarjimon;
• Turizm faoliyati yo‘nalishlari.

Abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida 3 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati yaratilgan. Hujjatlarni qabul qilish universitetning rasmiy sayti admissions.univ-silkroad.uz/index.php havolasi orqali bepul amalga oshiriladi.
«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib borilib, o‘qishga kirish uchun IELTS (5,5 dan yuqori), TOEFL (72 balldan yuqori), CEFR (B2 darajasidan yuqori) sertifikati talab qilinadi. Hozirda muayyan sertifikatga ega bo‘lmagan abituriyentlarga talabalar safiga qabul qilinishi uchun sertifikatni 10 sentabrgacha taqdim etish imkoni beriladi.
Agar abituriyent 2021 yil 20 iyuldan 10 sentabrgacha ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat bo‘yicha imtihonlarni topshirib, tegishli ball to‘plagan bo‘lsa, mazkur abituriyentlarning til bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlari universitet tomonidan qoplab beriladi.
Diqqat! Boshqa OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar parallel ravishda «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti ta’lim yo‘nalishlariga ham hujjat topshirib, o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun universitet rasmiy sayti yoki quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+998979110121 (Telegram, WhatsApp);
+998933483380; +998662406770; +998662408616; +998662408606; +998662406786.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
13:24 / 21.09.2021
Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetiga keldi
11:20 / 17.05.2021
Harvard va Oksford bitiruvchisi «Ipak yo‘li» turizm universiteti prorektori etib tayinlandi
19:00 / 21.12.2020
«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetida FLTAL konferensiyasi o‘tkazildi
16:29 / 20.10.2020