«Ipak yöli» xalqaro turizm universitetida akademik işlar böyiça prorektor tayinlandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.
Samarqand şahridagi «Ipak yöli» xalqaro turizm universitetining akademik işlar böyiça prorektor lavozimiga professor Raymond Jozef Hoffman tayinlandi.
Qayd etilişiça, Raymond Jozef Hoffman madaniy turizm va meros, şuningdek, dinşunoslik sohasida yuqori tajribaga ega bölgan salohiyatli mutaxassis. U AQŞning Harvard, Buyuk Britaniyaning Oksford, Germaniyaning Geydelberg universitetlarida tahsil olib, MTS magistri, tarix va arxeologiya fanlari böyiça doktorlik darajasiga ega bölgan.
Şu bilan birga, R.Hoffman Buyuk Britaniyadagi Kembrij va AQŞning Kornell universitetlarida ilmiy işlar böyiça boşqaruv lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
Xoffman Osiyo jamiyati (YuNeSKO) tomonidan homiylik qilingan Religions of the Silk Road. A History of Cultural Interchange from the Death of Alexander to the Islamic Renaissance tadqiqot loyihalarida Oksford universiteti naşriyotidan boş muharrirlik qilgan. Uning muallifligi ostida 9ta va muharrirligida 7ta monografiya hamda 273ta ilmiy, ensiklopedik maqola va şarhlar çop etilgan.
Intervyu: Azamat Akbarov — «soxta diplom» voqeasi va oliy ta'limdagi muammolar haqida

















