Biokimyogar olim Aziz Sanjarga Ipak yöli xalqaro turizm universitetining faxriy doktori unvoni berildi. Diplomni Boş vazir örinbosari — Turizm va sport vaziri, universitet rektori Aziz Abduhakimov topşirdi.

Universitetning birinçi kursiga qabul qilingan talabalarga nufuzli mehmon imzosi bilan sertifikat topşirildi. Unda talabalarga Nobel mukofoti sovrindorining dil sözlari keltirilgan bölib, xususan yoşlarni talabalik bilan tabriklagan. Olim talabalarni professionallikka undab, köp qirrali şaxs böliş uçun dadil intiliş, yutuqlar bilan töxtab qolmaslikka da'vat qilgan.

Şundan söng Aziz Sanjar «Turk dunyosidagi bilim va milliy tiklaniş» mavzusida ma'ruza qildi. Universitet jamoasi va yoşlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Uçraşuvdan söng Turizm va sport vaziri, universitet rektori Aziz Abduhakimov jurnalistlarga intervyu berdi. Vazir taniqli olimning universitet jamoasi bilan tanişuvi va unga faxriy doktor unvoni berilişi yoş olimlarga ham ijobiy ta'sir qilişini aytib ötdi. Umuman, universitet yoş olimlarini qöllab-quvvatlaş borasida zarur çora-tadbirlar körilişi bildirildi.

Ma'lumot uçun, turk va amerikalik olim Aziz Sanjar 2015 yilda Nobel mukofotiga munosib körilgan. Uning 415ta ilmiy maqola va 33ta kitobi naşr etilgan. Olim saraton kasalligini davolaşdagi öziga xos yondaşuvi sabab turli ilmiy mukofotlarga sazovor bölgan. Ilmiy dunyodagi eng obröli ilmiy muassasalaridan biri – AQŞ milliy fanlar akademiyasi a'zoligiga saylangan birinçi amerikalik turk olimi hisoblanadi. 2006 yilda Turkiya fanlar akademiyasi haqiqiy a'zosi etib saylangan.

Aziz Sanjar rafiqasi Gven Sanjar bilan birga AQŞda tahsil olayotgan turkiyalik hamda turk dunyosidan kelgan talabalarga yordam beriş maqsadida jamğarma taşkil etgan.