2018 yil prezident qarori bilan taşkil etilgan, Markaziy Osiyoda turizm sohasidagi birinçi va yagona universitet yangi binosining oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov hamda Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, mehmonlar, öqituvçilar, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.
Tadbirni oçib bergan Aziz Abduhakimov ramziy kalitni jamoatçilikka taqdim etib, mazkur oliygoh oçilişi dunyo oliy öquv yurtlari tarixida öziga xos unikal hodisa ekanini ta'kidladi.
Ramziy lentani kesişda universitet rektori Abduhakimov, viloyat hokimi Turdimov hamda «Nuroniy» jamğarmasi viloyat kengaşi raisi Hasan Normurodov iştirok etişdi.


Şundan söng mehmonlarga bino, öquv xonalari, öquv işlab çiqariş kompleksi, uning tarkibidagi mehmonxona, bar-restoran, oşxona, sport zal, çömiliş havzasi kabilar namoyiş etildi.
Mehmonlar yöqlama jurnali kabilarning örnini bosuvçi yangi texnologiyalar bilan tanişdi. Ya'ni talabalarning darsda qatnaşişi yuz tanuvçi kameralar vositasida nazorat qilinadi.
Universitetning boşqalaridan farqli jihati undagi oçiqlik. Bino panjara yoki devor bilan öralmagan. Kembrij kabi nufuzli xorijiy oliygohlar singari talabalar hordiq çiqaradigan ajib ötloqzoriga ham ega.
Universitetning sport zali va suziş saroyi ham eng sönggi anjomlar va texnologiyalar bilan jihozlangan.


Tadbirda Abduhakimov va Turdimov universitet hovlisiga esdalik daraxti ekişdi.
Universitet ma'muriyati ma'lumotiga köra, mazkur oliygohni mamlakat hamda qöşni davlatlar oliy öquv yurtlari bilan qiyoslab bölmaydi. Çunki professor-öqituvçilar tarkibining 70 foizini çet elning yetakçi oliy ta'lim muassasalari öqituvçilari va bitiruvçilari taşkil etadi.

Universitetda yuqori malakali öqituvçilar va edvayzerlar işlaydi. Eng ilğor mutaxassislar talabalarga aniq va samarali yöllanmalar berib, özlarining keng va çuqur bilimlarini baham körişadi.
Bundan taşqari kadrlar tayyorlaşda yuqori samaradorlikka erişiş maqsadida universitet malaka va tajriba oşiriş uçun talabalarga dunyoning nufuzli universitetlariga boriş imkoniyatini taqdim etadi.

Bundan bir neça kun oldin universitetda yangi qabul qilingan talabalar uçun Orientation Week tadbirlari yakunlangandi. Uşbu taniştiruv haftaligi davomida universitet xodimlari va öqituvçilari, şuningdek, yuqori kurs talabalari yangi safdoşlarini kutib oldi.
Noan'anaviy ötgan taniştiruv haftaligida talabalarning ota-onalari ham taklif etilib, farzandlari hayotining eng muhim, quvonçli damlariga professor-öqituvçilar, yuqori kurs talabalari, şuningdek, xorijlik faxriy mehmonlar ham şerik bölişgandi.
Akademik maşğulotlardan maqsad – talabalarni yangi öquv yiliga intensiv tayyorgarlik va ta'lim tajribasini öz içiga olgan «Ipak yöli» turizm xalqaro universitetining fanlararo va murakkab öquv jarayoni bilan taniştirişdir. Dasturning maqsadi – talabalarga xalqaro universitetning istiqbolli va unikal intellektual ta'lim madaniyatini köriş imkoniyatini namoyon etiş.

Öqişga kirgan yangi talabalar yurtimizdagi eng zamonaviy universitetlardan biriga ana şu tarzda tez va oson moslaşib olişlari közda tutilgan.
«Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti jamoatçilik bilan aloqalar PR bölimi












