Jamiyat | 13:27 / 20.08.2019
37698
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda gaz balloni portladi. Bir kishi halok bo‘ldi, uch fuqaro kasalxonaga olib ketildi

Foto: FVV matbuot xizmati

2019 yilning 19 avgust kuni soat 12:36da Qashqadaryo viloyati Kitob tumani X.Olimjon MFY Zilolbuloq ko‘chasida joylashgan 43-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

FVV ma'lumotida aytilishicha, yong‘inga 3 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Voqea joyiga yetib borgan yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida yashash uyi va novvoyxonasining 60 kv. metr maydonda tomi va shift qismlari yonib zararlangan.

Hodisaning kelib chiqish sababi yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda yashash uyi novvoyxonasida 50 kg maishiy gaz ballonining payvandlangan joyidan yorilishi natijasida gaz va havo aralashmasining chaqnashi yuzaga kelib, yong‘inga sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, chaqnash oqibatida novvoyxonada bo‘lgan 1994 y.t. fuqaro T.S., 1999 y.t. fuqaro B.M., 1994 y.t. fuqaro O.R. va 2000 y.t. fuqaro N.J.lar kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilganligi ma'lum bo‘lgan. Shifoxonaning jonlantirish bo‘limida 2000 y.t. fuqaro N.J. vafot etgan. 

Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari tuman prokuraturasi tomonidan olib bormoqda.

Mavzuga oid