Sport | 22:00 / 22.02.2026
6847
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiya qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha rekord natijaga erishdi

Norvegiyaliklar 18ta oltin, 12ta kumush va 11ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Ikkinchi o‘rinni AQSh (12, 12, 9), uchinchi o‘rinni Niderlandiya jamoasi (10, 7, 3) egalladi.

Foto: AP

Norvegiya terma jamoasi Milan va Kortina-d'Ampetssoda yakuniga yetgan qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha norasmiy g‘olibga aylandi.

Norvegiyaliklar 18ta oltin, 12ta kumush va 11ta bronza medallarini jamg‘arishdi. 

Ikkinchi o‘rinni AQSh (12, 12, 9), uchinchi o‘rinni Niderlandiya jamoasi (10, 7, 3) egalladi.

Norvegiya ushbu natija bilan qishki Olimpiada o‘yinlaridagi rekordini yangiladi. Bungacha norvegiyaliklar 2022 yilgi Pekin Olimpiadasida 16ta oltin medal, 2018 yilgi Pxenchxan Olimpiadasida jami 39ta medalni qo‘lga kiritishgandi. 

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid