Jamiyat | 11:00 / 07.05.2020
8065
6 daqiqa o‘qiladi

«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti: Pandemiya davrida ham xalqaro loyihalar to‘xtab qolgani yo‘q

Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi avj olayotgan bir paytda ham ta'lim tizimi to‘xtab qolgani yo‘q. Har bir oliy ta'lim muassasasi zamonaviy texnologik, innovatsion vositalarni qo‘llagan holda masofaviy o‘qitishni yo‘lga qo‘ydi. Bundan tashqari, xalqaro loyihalar borasidagi izlanishlar ham bir joyda to‘xtab qolmay, yanada samarali natijalarga erishilmoqda.

Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti bu borada muvaffaqiyatli ishlarni amalga oshirmoqda. Bugungi kunda universitet uchta nufuzli xalqaro loyihalarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.

Creative Spark: oliy ta'limda tadbirkorlik

Bu dastur Buyuk Britaniya ta'lim muassasalari, universitetlari hamda ishtirokchi davlatlar iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida kreativ tadbirkorlik tajribalarini shakllantirish doirasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 2018-2023 yillarga mo‘ljallangan dasturni o‘z ichiga oladi.

Ushbu dastur Britaniya tajribasidan foydalangan holda ta'lim jarayonida kreativ tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shishi shubhasiz. Loyihani amalga oshirishning birinchi yili doirasida o‘n mingdan ortiq talaba va yosh tadbirkorlarni jalb etish ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasida e'lon qilingan tanlovda 2019 yil sentabr oyida Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida birinchi prorektor vazifasini bajaruvchi iqtisodiyot fanlari doktori, professor B.Turayev ishtirok etib «English Club» ochilishiga erishildi.

R.A.R (Regional Alumni Representative)

«Hududiy bitiruvchilar vakili» – 2020 yil boshida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan ushbu tanlovda «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti o‘qituvchisi Alisher Komilovning loyihasi tanlanib, g‘olib deb topilgandi. Universitetimizda AQSh davlat dasturlarini bitirgan mutaxassislar bilan birgalikda talabalarning hududiy markazini ochish rejalashtirilgan.

Markazda AQSh elchixonasi hamkorligida professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar va talabalar uchun o‘quv va almashinuv dasturlari faoliyatlari yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, albatta, informatsion ta'minot yo‘lga qo‘yiladi, dasturlar doirasida professional tahlil qilish bo‘yicha AQSh elchixonasi tomonidan boshqa xorijlik mutaxassislar ham jalb etilib, ular tomonidan universitet uchun amaliy yordam va maslahatlar beriladi. Shuningdek, AQSh elchixonasi tomonidan ma'lum faoliyatlar moliyalashtirilishi nazarda tutilgan.

Turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro loyiha

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti va AQShning Vayoming universiteti bilan hamkorlikda 2020 yil aprel oyidan yangi loyihaga start berildi. Loyiha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro davlat universiteti va Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti o‘qituvchilari uchun ingliz tilidagi turizm bo‘yicha ESP seminarlari o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bu tadbir o‘qituvchilarning ingliz tilini bilish darajasini baholashni nazarda tutadi.

Davomli loyiha O‘zbekistonning turizm sohasi uchun maxsus darslik yaratish; professor-o‘qituvchilar tarkibini o‘qitish; turizm bo‘yicha ingliz tilidagi talabalar klublarini tashkil qilish; «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti taklif etgan tadbirlarni o‘tkazish davrida (2020 yil fevral-2021 iyun) onlayn materiallarni ishlab chiqishni ko‘zlaydi.

Bundan tashqari, universitetning Innovatsion rivojlantirish vazirligiga taqdim etilgan bugungi kunda turizm sohasidagi ahamiyatli va dolzarb muammolarini tadqiq qilishga qaratilgan keng miqyosli loyihalari ham tahsinga loyiqdir. Bular quyidagilar:

  • «Globallashuv davrida yangi ipak yo‘lidagi me'moriy-madaniy merosni saqlash» mavzucidagi tadqiqot loyihasi” Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash Yevroosiyo uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro ko‘ptomonli tanlov bo‘lib, unda Belarus davlat pedagogika universiteti, Qozon federal universiteti Yelabuga instituti (Rossiya), Armaniston turizm instituti (Rossiya xalqaro turizm akademiyasi filiali) hamkorlik qilishmoqda.
  • Axborotlashtirish va axborot-texnologiya fanlari bo‘yicha davlat ilmiy-texnik loyihalari grantlari doirasidagi 12-tanlovda ishtirok etish uchun «Ziyorat turizmi uchun aqlli texnologiyalar paketini yaratish» mavzucidagi tadqiqot loyihasi.
  • Ilmiy-texnik loyihalarining o‘zbek-hind hamkorligidagi tanlovida qatnashish uchun «Creation of the Augmented Reality Based mobile application «E-Trave Guide» mavzuidagi tadqiqot loyihasi.
  • Tarix va ijtimoiy fanlar bo‘yicha davlat ilmiy-texnik loyihalari grantlari doirasidagi 18-tanlovda ishtirok etish uchun «E-ziyorattourism» elektron platformasini yaratish» mavzuidagi tadqiqot loyihasi.
  • Tarix va ijtimoiy fanlar bo‘yicha davlat ilmiy-texnik loyihalari grantlari doirasidagi 18-tanlovda ishtirok etish uchun «O‘rta Osiyo mutafakkirlarining asarlari asosida halokatli fikrlarga qarshi ma'naviy kurashish asoslari» mavzucidagi tadqiqot loyihasi.

«Ipak yuli» turizm xalqaro universiteti jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi

Mavzuga oid