Britaniyaning Golden Eagle Luxury Trains turoperatori «Poyezdda Buyuk Ipak yöli» (The Great Silk Road by Train) yangi haşamatli temiryöl sayyohlik dasturi yölga qöyilganini e’lon qildi. Bu haqda Travel and Tour World xalqaro sayyohlik naşrida ma’lumot berildi.

Yönaliş 22 kunga möljallangan bölib, beşta davlat - Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston hududidan ötadi. Yölning umumiy uzunligi 3 ming 862 kilometrni taşkil etadi. Sayohat Pekindan boşlanib, Toşkentda yakunlanadi.

Tur dasturi qadimgi Ipak yölining asosiy tarixiy va madaniy yodgorliklari atrofida qurilgan: Xitoyda Imperator saroyi, Buyuk Xitoy devori, Tsiandagi terrakota armiyasi, Dunxuandagi Mogao ğorlari, Özbekistonda Samarqand, Buxoro va Xiva.

Ekskursiya dasturidan taşqari, qöşimça tadbirlar, jumladan, Gobi çölida tuyalarda sayr qiliş va Olmaotaga samolyotda uçiş ham rejalaştirilgan.

Sayohat narxi ikki kişilik joylaşuvda bir kişi uçun 50 ming 700 dollardan boşlanadi. Narxga turar joy, ovqatlaniş, ekskursiya dasturi, transferlar va suğurta kiradi. Birinçi reys 2026 yil 21 sentabr - 12 oktyabr kunlariga rejalaştirilgan.