“Ipak yöli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti quyidagi ta’lim yönalişlari va mutaxassisliklar böyiça oliy ma’lumot olişga taklif qiladi:
Bakalavriat yönalişlari / kunduzgi ta’lim şakli (ta’lim ingliz tilida):
- Menejment (tarmoqlar va sohalar);
- Mehmonxona xöjaligini taşkil etiş va boşqariş;
- Muzeyşunoslik;
- Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili);
- Arxeologiya;
- Madaniy meros obektlarini asraş;
- Logistika (turizm logistikasi);
- Turizm (faoliyat yönalişlari böyiça).

Magistratura mutaxassisliklari / kunduzgi ta’lim şakli (ta’lim ingliz tilida):
- Logistika (turizm logistikasi);
- Turizm (faoliyat turlari böyiça);
- Muzeyşunoslik, tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qiliş, ta’mirlaş va saqlaş;
- Menejment (madaniy, tabiiy va aralaş merosni boşqariş);
- Ijodiy sanoat;
- Arxeologiya.
Abituriyentlarni röyxatga oliş universitetning rasmiy veb-saytidagi admissions.univ-silkroad.uz platformasi orqali amalga oşirilmoqda.
Abituriyentlarni röyxatga olişning oxirgi kuni – 2023 yil 20 fevral.
Eslatib ötamiz, “Ipak yöli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi, şu sababli qabul jarayonida ingliz tili böyiça yetakçi baholaş tizimlarining amaldagi sertifikatlariga ega böliş talab etiladi. Jumladan, IELTS böyiça kamida 5,5 ball va undan yuqori, CEFR böyiça kamida B2 va undan yuqori, TOEFL IBT böyiça kamida 72 va undan yuqori ball körsatkiçidagi bilim darajasini tasdiqlovçi xalqaro sertifikatlar, şuningdek, Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini biliş darajasi (B2 va undan yuqori) töğrisidagi milliy sertifikat ham qabul qilinadi.

















