Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Standartlar instituti: «STANDART» ilmiy-texnika jurnali ilmiy tadqiqotlarni yoritib boruvchi nashr sifatida e'tirof etildi
«STANDART» ilmiy-texnika jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan «Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati»ga kiritildi.
Endilikda mamlakatimizdagi muvofiqlikni baholash idoralari xodimlari, tadbirkorlar, fuqarolar, shu bilan birga ilm-fan bilan shug‘ullanuvchi xodimlar o‘zlarining innovatsion va istiqbolli loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan ishlari, erishayotgan yutuqlarining ilmiy-texnik targ‘ibotini olib borishi, oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari hamda magistrlari ilmiy maqolalarini chop etishlari mumkin.
Jurnal texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish, sifat menejment tizimlarini joriy etish, jahonning rivojlangan davlatlari tajribasidan o‘tgan mahalliy hamda xalqaro standartlar bo‘yicha ma'lumot berib boriladigan nashr hisoblanadi.
Batafsil ma'lumotlarni (71) 280-50-24 telefon raqami yoki http://uzsti.uz/departmens/14 veb-saytidan olishingiz mumkin.
Standartlar instituti matbuot xizmati
Mavzuga oid
12:30 / 17.09.2025
Standartlar institutidagi nostandart ustamalar. Tashkilot xodimlariga 483 mln so‘mgacha qo‘shimcha pul berilgan
17:50 / 11.09.2025
«433 mln so‘mlik mukofot puli». Standartlar instituti rahbariyatiga katta miqdorda ustama haqi yozib kelingan
17:30 / 31.05.2022
O‘zbekiston standartlar instituti malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi
15:30 / 08.02.2022