O‘zbekiston standartlar instituti: sanoat tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va tadbirkor uchun seminar-trening
Bugungi kunda respublikada biznes yuritish shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid islohotlarni izchil davom ettirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Foto: O‘zbekiston standartlar instituti
Hozirda, ilg‘or xorijiy davlatlardagi ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini bozor talablari asosida doimiy ravishda takomillashtirib borishi natijasida jahon bozorida shiddatli raqobat muhiti shakllanmoqda.
Bunday sharoitda, mahalliy ishlab chiqaruvchilar imkoniyatini cheklayotgan va ularga qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin bo‘lgan savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni berib borish zarurati vujudga kelmoqda.
Shu munosabat bilan, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston standartlar instituti tomonidan respublika hududlari bo‘ylab, xalqaro standartlarni joriy etish, savdodagi texnik to‘siqlar va mahsulotlarni jahon andozalari asosida muvofiqligini baholashning ahamiyati yuzasidan bir kunlik seminar-treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan (jadvalda keltirilgan).
Seminar-treninglarda asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratiladi:
- Xalqaro standartlar (ISO, IEC, EN, Codex Stan, YeEK ONN)ni mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etishning istiqbollari;
- Xorijiy davlatlarda (eksport geografiyasi doirasida) mahsulotlar sifati va xavfsizligiga qo‘yilgan texnik talablarning (Yevrodirektivalar va YeAES texnik reglamentlari singari) mazmun- mohiyati;
- Xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejmenti tizimlarini joriy etishning afzalliklari (masalan: ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001, ISO 50001, OHSAS 18001, GLOBAL G.A.P, ORGANIC va h.k.);
- Xalqaro andozalar bo‘yicha muvofiqlikni baholash (sertifikatlashtirish va metrologiya) tartibi;
- Ishlab chiqarish korxonalari bazasida sinov laboratoriyalarini tashkil etishga qo‘yilgan talablar.
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar barchangizni mazkur seminar-treninglarda ishtirok etishga taklif etamiz!
O‘quv kurslari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni olish uchun:
O‘zbekiston standartlar instituti Kadrlar malakasini oshirish markazi.
Tel: (71) 253-85-10, (71) 253-19-02
Elektron pochta: uzsti@standart.uz
Telegram bot: t.me/Standartlarinstituti
Telegramdagi guruh: +998901096604
Respublika hududlari bo‘ylab texnik jihatdan tartibga solish sohasida seminar-treninglarni tashkil etilishi bo‘yicha
ReJA-GRAFIK
O‘zbekiston standartlar instituti matbuot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi
O‘zbekiston | 14:25
-
Toshkentda mast holatda mashina olib qochgani aytilgan sudya lavozimidan ozod qilindi
O‘zbekiston | 13:59
-
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi
O‘zbekiston | 13:51
-
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Mavzuga oid

17:30 / 31.05.2022
O‘zbekiston standartlar instituti malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi

13:30 / 20.03.2021