O‘zbekiston | 11:43 / 30.07.2025
5260
1 daqiqa o‘qiladi

Kattaqo‘rg‘on shahri hududi kengayadi

Qonunchilik palatasi majlisida Samarqand viloyatidagi Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror loyihasi ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.

Kattaqo‘rg‘on tumanidan — 1 945 gektar, Nurobod tumanidan 971 gektar yer Kattaqo‘rg‘on shahri tarkibiga o‘tkaziladi. Nurobod tumanidan 600 gektar yer Kattaqo‘rg‘on tumani tarkibiga o‘tadi.

Kattaqo‘rg‘on shahri hududi kengaytirish orqali o‘rta shaharlar toifasidan katta shaharlar toifasiga o‘tkazilishi, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholining o‘sib borishini inobatga olgan holda aholiga qulay sharoitlar yaratish, yangi infratuzilma obektlari hamda ko‘p qavatli turar joy komplekslari barpo etish belgilangan.

Kattaqo‘rg‘on shahri hududini kengaytirilishi natijasida yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obektlari tashkil etilib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi. Xususan, 50 gektar maydonda “Urgut” erkin iqtisodiy sanoat zonasi filiali, shuningdek, 30 gektar maydonda 3 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid