Uşbu masala aholiga munosib yaşaş şaroitini yaratiş, buning uçun muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini, şuningdek, ijtimoiy soha (maktab, boğça, kasalxona) obektlarini barpo etiş, yangi iş örinlarini yaratişda muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Senatorlar tomonidan ta’kidlanganidek, Kattaqörğon şahri Samarqand viloyatining geografik nuqtayi nazardan şimoliy-ğarbida joylaşgan bölib, bugungi kunda şahar aholisi soni qariyb 95 ming kişini, umumiy yer maydoni 4,4 ming gektarni taşkil etadi.
Şahar aholisining ösiş sur’ati oxirgi 5 yilda har yili örtaça 1,1 ming kişini taşkil etmoqda.
Bundan taşqari, Kattaqörğon şahrida doimiy röyxatdan ötmagan 4 mingga yaqin aholi va talabalar istiqomat qilmoqda.
Aholi ziçligi 1 kvadrat kilometr maydonga 9,5 kişiga töğri kelib, Samarqand viloyati böyiça aholisi eng ziç joylaşgan hudud hisoblanadi.
Şu bois Senat qarori loyihasida quyidagi çora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.
Jumladan, Kattaqörğon şahar hududini kengaytiriş maqsadida unga çegaradoş bölgan Kattaqörğon tumanidan 1, 9 ming gektar va Nurobod tumanidan 971 gektar, jami 2,9 ming gektar yer maydonini şahar tarkibiga ötkaziş, şuningdek, Nurobod tumanining Kattaqörğon tumani bilan çegaradoş bölgan hududlaridan 600 gektar yer maydonini Kattaqörğon tumaniga ötkaziş nazarda tutilmoqda.
Çegara hududining kengayişi hisobiga Kattaqörğon şahri aholisi soni 2030 yilga borib 150 ming kişidan oşişi mumkin.
Şahar hududining kengayişi natijasida Kattaqörğon örta şaharlar toifasidan katta şaharlar toifasiga ötkazilib, şahar aholisi uçun qulay şaroitlar yaratiş, xususan, yangi infratuzilma obektlari hamda köp qavatli turar joy komplekslari barpo etiş, urbanizatsiya jarayonlarini tezlaştiriş imkoni yaratiladi.
Yangi işlab çiqariş va xizmat körsatiş obektlari taşkil etiladi hamda qöşimça iş örinlari yaratiladi.
Xususan, 50 gektar maydonda “Urgut” erkin iqtisodiy sanoat zonasi filiali, şuningdek, 30 gektarda 3 ta kiçik sanoat zonasi taşkil etilişi rejalaştirilmoqda.
Muhokama söngida mazkur masala yuzasidan Senatning tegişli qarori qabul qilindi.










