Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamentiga qaraşli “Nurota” va “Surxon” davlat qöriqxonalari hamda “Zarafşon” milliy tabiat boği hududi kengaytirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 10 martda qabul qilingan “Davlat qöriqxonalari va milliy tabiat boği hududlarini kengaytiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida belgilandi.

“Nurota” davlat qöriqxonasi hududi Foriş tumanidagi zaxira yerlardan 1173,1 gektar, Foriş davlat örmon xöjaligining 270 gektar, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasining Samarqand viloyati Qöşrabot tumani Pangat hududidagi 1657,41 gektar va Payariq tumanining Xalqobod hududidagi 1165,46 gektar yer maydonlari hisobidan 4265,97 gektarga kengaytirilib, umumiy yer maydoni 22 017,97 gektarga yetkazildi.

“Zarafşon” milliy tabiat boği hududi Bulunğur tumanidagi zaxira yerlardan 275,58 gektar va Jomboy davlat örmon xöjaligining 42,34 gektar, Urgut ixtisoslaştirilgan davlat örmon xöjaligining 278,78 gektar, Toyloq tumanidagi Darğom davlat örmon işlab çiqariş korxonasining 262,1 gektar, Toyloq tumanidagi zaxira yerlardan 1808,79 gektar va Jomboy tumanidagi zaxira yerlardan 140,02 gektar yer maydonlari hisobidan 2 807,61 gektarga kengaytirilib, umumiy yer maydoni 5 234,01 gektarga yetkazildi.

Surxondaryo viloyati Şerobod tumanidagi Qiziriq davlat örmon xöjaligining 249 gektar yer maydonlari hisobidan “Surxon” davlat qöriqxonasi hududi kengaytirilib, umumiy yer maydoni 24 051 gektarga yetkazildi.

“Nurota” va Surxon davlat qöriqxonalarining asosiy maydoniga tutaş 17 145,2 gektar va 16 446 gektar yer maydonlari qöriqlanma zonalar etib belgilandi. Mazkur qaror muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytiriş orqali mavjud noyob turdagi ösimlik va hayvonlarni muhofaza qiliş samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.