Prezident qaroriga muvofiq şaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş, hududlar qismlarining yaqin, örta va uzoq muddatli istiqbolda hududiy va iqtisodiy rivojlanişini rejalaştiriş hamda ularning iqtisodiy salohiyatini röyobga çiqariş uçun master-rejalarni işlab çiqiş tizimi joriy etilmoqda.

Master-rejalar yoki batafsil rejalaştiriş loyihalari hududlarning aniq muammolarini bartaraf etişga qaratilgan şaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boşqa loyihaviy yeçimlarni öz içiga oladi.

Hujjat bilan Hudud master-rejasini işlab çiqiş, kelişiş va tasdiqlaş töğrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:

  • hudud master-rejasini işlab çiqişga qöyiladigan talablar;
  • master-rejani kelişiş va tasdiqlaş tartibi;
  • hudud master-rejasini moliyalaştiriş manbalari.

Master-reja quyidagi hollarda işlab çiqiladi:

  • hududning şaharsozlik hujjatlari mavjud bölmaganda;
  • hududning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan yetarliça foydalanilmaganda;
  • master-reja asosida böş yer uçastkasi auksionga qöyilganda;
  • qişloq xöjaligi, şaharsozlik va xöjalik maqsadidagi yerlar toifasini özgartiriş böyiça takliflar tayyorlaşda.

Batafsil rejalaştiriş loyihasi, quriliş loyihasi va uşbu hududning dizayn-kodi bilan birga işlab çiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan master-reja şaharsozlik hujjati sifatida qabul qilinadi.

Şaharsozlik hujjati sifatida işlab çiqilgan master-rejani tasdiqlaş vakolatli davlat organi tomonidan amalga oşiriladi.