Davlatlar rahbarlari xavfsizligini ta'minlash nihoyatda muhim masala hisoblanadi. Shuncha ehtiyotkorliklarga qaramay tarixda bir necha prezidentlar suiqasd qurboniga aylanishgan. Davlatning birinchi raqamli insonlari xavfsizligini saqlovchi soha vakillarining hayoti, faoliyati qattiq sir tutiladi. Shu paytgacha tarqatilgan xabarlar ham, bu maqoladagi ma'lumotlar ham rasman tasdiqlanmagan, lekin turli sabablarga ko‘ra ommaga oshkor bo‘lgan ma'lumotlardir. Dunyoning eng mashhur insonlari, davlat rahbarlari, prezidentlarning qo‘riqlash xizmatlari har bir davlatda o‘ziga xos. Quyida mavjud ma'lumotlar asosida eng qiziqarlilariga e'tibor qaratiladi.

KXDR «porloq quyoshi»

Foto: Reuters

«Millat rahnamosi», «Daholarning dahosi»ni qo‘riqlash uchun 15 mingdan ortiq askar xizmat qiladi va ularning har biri tom ma'noda «Yo‘lchi yulduz» uchun jonidan kechishga tayyor. Umuman, bu davlatdagi har bir askar «Davlat va millatning buyuk dohiysi»ni himoya qilishni yuksak sharaf deb biladi.

Ayniqsa Kim Chen In o‘z «Mersedes»ida harakatlanayotgan chog‘da kamida 12 nafar baquvvat va sipo yigitlarning mashina yonida yugurib ketishlari juda ajoyib manzara hosil qiladi.

Xitoy. Si Tszinpin

Foto: Spletnik

Xitoy kommunistik partiyasi rahbari xavfsizligini ta'minlash uchun bevosita yoki bilvosita 80 ming kishi jalb qilingani haqida ma'lumotlar bor. Shuningdek, ularning har biri kamida 3 xil o‘qotar qurol, ikki xil sovuq qurol olib yurishi, shuningdek tarkibi sir tutiluvchi, insonga qattiq ta'sir qiluvchi kukunlarni saqlashlari ma'lum qilingan.

Xitoy rahbarini o‘ta intizomli va jiddiy tansoqchilar qo‘riqlashadi.

Rim papasi