Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer maydonlarini sug‘orish uchun ishlatiladigan suv sarfi 20 foizgacha kamaytiriladi
Foto: Depositphotos
O‘zbekistonda 2030 yilga qadar bir gektar maydonni sug‘orish uchun ishlatiladigan suv sarfini 20 foizgacha kamaytirish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilgan.
Qayd etilishicha, bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
1) suvni yetkazishdagi yo‘qotishlarni 15 foizgacha kamaytirish;
2) 1 mln gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
3) suvni hisoblash tizimi va AKT qo‘llashni takomillashtirish.
Melioratsiya va sho‘rlanish darajasini monitoring qilish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, suv resurslarini boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish mo‘ljallangan.
Mahalliy suv tejovchi texnologiyalarini ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ham takomillashtiriladi.
Bundan tashqari, “2030 yilga qadar milliy o‘rmonchilik tizimini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqiladi. Bunda, quyidagilar nazarda tutiladi:
mahalliy davlat hokimiyati organlari va o‘z-o‘zini boshqarish organlarining o‘rmon resurslarini boshqarish, tabiatni muhofaza qilish, geologik qidiruv, kadastr, o‘rmonchilik xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish;
o‘rmon resurslarini boshqarish sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Mavzuga oid
16:52 / 02.01.2026
Ertangi kun texnologiyasi – bugun. Super zamonaviy 5-avlod issiqxonasiga sayohat
08:50 / 25.12.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
21:33 / 22.12.2025
“Bizni tinch qo‘yishsa, ko‘proq hosil olamiz” – Kogonlik fermer o‘zi va hamkasblari qanday sharoitda ishlayotgani haqida
22:17 / 13.12.2025