Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Evos Toshkentda 31 metrli ulkan lavashni tayyorladi
28 aprel kuni Toshkent shahrida Evos tez ovqatlanish tarmog‘i oshpazlari tomonidan 31 metrli ulkan lavash tayyorlandi.
Buning uchun: 31 metr xamir, 19,8 kg go‘sht, 4 kg pomidor, 2,5 kg bodring, 5,5 kg chips, 16 litr maxsus sous va 5,3 kg mayonezdan foydalanildi.
Evos tomonidan ulkan uzunlikdagi lavash tayyorlash bo‘yicha avvalgi rekordlar: 15 metr (Toshkent shahri), 16 metr (Qo‘qon shahri), 17 metr (Andijon viloyati)da qayd etilgan edi.
— Ushbu tadbirni xalqimizga xushkayfiyat ulashish maqsadida tashkil etdik va bunday loyihalar kelgusida ham davom etadi. Bundan tashqari, zamon talablariga javob beradigan go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash fabrikasini ochish, Markaziy Osiyo davlatlarida ham filiallarimiz faoliyatini yo‘lga qo‘yish bosh maqsadlarimiz hisoblanadi, — deydi Evos tez ovqatlanish tarmog‘i bosh menejyeri Rahmonali Hamraliyev.
Tayyor bo‘lgan lavash tashrif buyurganlarga sotildi hamda sotuvdan tushgan mablag‘ni "Delay dobro, Uzbekistan" ("Savob ish qil, O‘zbekiston") xayriya guruhining ko‘ngillilariga taqdim etilgani ma'lum qilindi.
Tadbir mehmonlariga taom manzur bo‘lganligi aytilmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:38 / 06.01.2026
“Shakar solig‘i”dan keyingi qadam: Britaniya bolalarni himoya qilish choralarini kuchaytirdi
19:00 / 11.04.2025
MDH davlatlarida mashhur bloger EVOS brendi faoliyati haqida ko‘rsatuv tayyorladi
20:39 / 22.10.2024
Foto: Tramp McDonaldʼs yemakxonasida kartoshka qovurdi
16:37 / 16.03.2024