Buyuk Britaniyada internetda zararli ovqat reklamacini taqiqlaydigan va televideniyeda uni çeklaydigan qonun kuçga kirdi. Yangi çoralar hukumatning “ota-onalarga tarixdagi eng soğlom bolalar avlodini voyaga yetkazişga yordam beriş” haqidagi va’dasini bajarişdir, deyiladi Buyuk Britaniya hukumatining rasmiy saytida dүshanba, 5 yanvar kuni e’lon qilingan matbuot relizida.

Yangi qoidalarga köra, “kamroq soğlom ovqat” reklamasini Britaniya televideniyesida faqat soat 21:00 dan keyin körsatiş mumkin böladi. Britaniya internet segmentida esa bunday e’lonlar va roliklarni namoyiş etiş töliq taqiq ostiga tuşadi.

The Guardian gazetasi ma’lumotlariga köra, çeklovlar tarkibida şakar, yoğ va tuz miqdori yuqori bölgan 13 toifadagi mahsulotlarga taalluqli. Xususan, bularga qöşimça şakar qöşilgan içimliklar (şu jumladan yogurt kabi ayrim sut mahsulotlari), çips, tuzli krekerlar va peçeneler, şakarli “tayyor” nonuştalar, popkorn, şokolad, saqiç, muzqaymoq, şakarli pişiriqlar, pitssa va muzlatilgan tayyor taomlar kiradi.

Buyuk Britaniyada “zararli ovqat” işlab çiqaruvçilarida TVda va internetda “bolalar vaqti”da öz brendini reklama qiliş huquqi saqlanib qoladi — agar bunday reklamada bevosita zararli mahsulotning özi körsatilmasa. OAV qayd etişiça, mahalliy kompaniyalarning köpçiligi yangi talablarni oldindan bajarişni boşlagan.

Britaniya hukumati bolalar orasida semiriş qançalik keng tarqalganini körsatuvçi statistikani keltiradi. Masalan, boşlanğiç maktabga kiriş paytida bolalarning 22,1 foizida ortiqça vazn yoki semiriş mavjud. Ta’limni tugatiş vaqtiga kelib esa bu körsatkiç 35,8 foizga yetadi. Şuningdek, 5 yoşdan 9 yoşgaça bölgan bolalarda şifokorga murojaat qilişning asosiy sababi — kariyes ekani qayd etiladi.

Hukumat tadqiqot natijalariga tayanadi: ular reklama bolalar nima va qaçon yeyişini şakllantirişini, erta yoşdan afzalliklarni belgilovçi omilga aylanişini, semiriş hamda u bilan boğliq kasalliklar xavfini oşirişini körsatgan. Hukumat fikriça, yangi çoralar har yili bolalar iste’mol qiladigan kaloriya miqdorini 7,2 milliardga kamaytirişga va semirişdan aziyat çekayotgan bolalar sonini 20 000 nafarga qisqartirişga yordam beradi.

Uzoq muddatli istiqbolda esa yangi qoidalar aholi salomatligi umumiy yaxşilanişi hisobiga taxminan 2 milliard funt sterling tejaşi kutilmoqda.

Sönggi yillarda aholi orasida semiriş muammosi haqida köplab davlatlar tobora köproq gapira boşladi. London esa mamlakat aholisi orasida semirişga qarşi kuraşni 2010-yillar örtalaridan beri faol olib bormoqda. 2018 yilda Buyuk Britaniyada “şakar soliği” joriy etilgan: unga köra, tarkibida şakar miqdori yuqori bölgan alkogolsiz içimliklar işlab çiqaruvçilari davlat budjetiga “zararlilik uçun” tölov qiladi.