13:44 / 14.09.2019
32
44809

23:00 dan keyin oilaviy to‘y-hashamlarni davom ettirish taqiqlanadi - Senat 

Foto: doca-tours.com

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashining qo‘shma majlisida «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror bir ovozdan ma'qullandi.

Ushbu qaror bilan nizom loyihasi ham tasdiqlanib, u 2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan. 

Unga ko‘ra, oilaviy tadbirlar faqat bir kun - ertalabki soat 06:00 dan kechki soat 23:00 gacha o‘tkazilishi kerak. Dafn etish marosimi bundan mustasno.

Hududlarning sharoitidan kelib chiqib, osh berish marosimi vaqti Xalq deputatlari shahar va tuman kengashlari tomonidan belgilanadi. 

Soat 23:00 dan keyin oilaviy tadbirlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan o‘tkaziladigan osh berish marosimlarida 150 nafargacha odam ishtirok etishi mumkin. 

Qo‘shaloq to‘y-hashamlarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi ishtirok etishi mumkin. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top