«O‘FA rahbariyati, Qashqadaryo viloyat hokimi va Kun.uz’ga rahmat». Kamoliddin Kenjayevga Qarshidan va'da qilingan uy berildi
Kun.uz va Tribuna.uz sayti muxbirlari Qashqadaryodagi safarlardan birida O‘zbekistonning yaqin o‘tmishdagi eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri, to‘rt karra sovrindor Kamoliddin Kenjayev bilan uchrashib, 2007 yildagi avtofalokatdan keyin sobiq futbolchining hozirgacha mushkul vaziyatda ekanligi haqida ma'lum qilgandik.
Fevral oyida e'lon qilingan «Qashqadaryo viloyat hokimi sovg‘a qilgan uy berilmadi: avtofalokat sabab nogiron bo‘lib qolgan sobiq futbolchi murakkab ahvolda» sarlavhasi ostidagi maqoladan keyin O‘FA rahbariyati va viloyat mutasaddilari tomonidan Kamoliddin Kenjayevning holidan xabar olinib, uning muammosi atroflicha o‘rganildi.
Mart oyida esa nihoyat futbolchiga Qarshi shahridan yangi kvartira topshirilishi haqida ma'lum qilingandi. Biroq, pandemiya sababli yangi uyning kaliti topshirilishi muddati biroz cho‘zildi.
26 iyun, juma kuni Qarshi shahrida o‘tgan Superliga 6-turi doirasidagi «Nasaf» - «Buxoro» uchrashuvi oldidan nihoyat Kamoliddin Kenjayevga va'da qilingan yangi uyning kaliti tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mas'ul vakillari Rahmiddin Zikriyayev va Shoakram Isroilov uyning kaliti va sertifikatni topshirishdi. Tadbirdan keyin Kamoliddin Kenjayev quvonchini yashira olmay, taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Juda ham xursandmiz. Quvonchimizni cheki yo‘q. Shu kunlarga yetkazganiga shukur. Meni yo‘qlab, hol-ahvolimni o‘rganib bor haqiqatni ommaga yetkazganlaringdan keyin ko‘pchilik qo‘llab-quvvatladi, dalda berdi. Xususan, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev va Kun.uz jamoasiga minnatdorchilik bildirib qolaman. Oradan 13 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, viloyat markazi Qarshi shahridan yangi uyning kalitini topshirishdi. Yillar o‘tib endi yana sevimli mashg‘ulotim, hayotimga aylangan futbol atrofida bo‘laman, qo‘ldan kelgancha o‘z bilim va tajribamni viloyatimiz, yurtimiz jamoalari uchun yangi iqtidorlarni kashf etishga sarflamoqchiman. Menga yordam bergan barchaga butun oilam nomidan katta rahmat aytib qolaman. Fursatdan foydalanib, bugungi kasb bayramingiz bilan barcha jurnalistlarni, shu jumladan Kun.uz va Tribuna.uz jamoasini chin qalbdan tabriklayman. Har doim bugungidek faol bo‘lib, xalq dardi, muammolari va haqiqatni yuzaga chiqarishda charchamang, deb qolaman», - deydi Kamoliddin Kenjayev.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada «xazina» ko‘rsatilgan soxta xaritalar orqali odamlarni chuv tushirib kelgan firibgarlar ushlandi
Jahon | 00:37
-
Afg‘oniston hukumati salkam 2,5 ming mahbusni afv etdi
Jahon | 00:00
-
Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston | 22:46 / 30.03.2025
-
Zelenskiy saylovlarga tayyorgarlikni boshladi - The Economist
Jahon | 22:38 / 30.03.2025
Mavzuga oid

19:51 / 12.02.2025
DXX raisi Bahodir Qurbonov nomzodi O‘FA prezidentligiga ilgari surildi

20:13 / 22.01.2025
Temur Kapadze O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

19:43 / 21.01.2025
Abdusalom Azizov O‘FA rahbarligidan ketdi

21:04 / 29.11.2024