Turkiya huquq-tartibot idoralari mahalliy aholidan 1,32 million dollardan ortiq pulni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan jinoiy guruhni foş etdi. Ular soxta «xazina» xaritalaridan foydalanib, odamlarni çuv tuşirib kelgan, deb yozadi Hurriyet gazetasi.

Ma’lumotlarga köra, gumonlanuvçilar Tunjyeli viloyatining qişloqlarini kezib, mahalliy aholiga yaşirin xazinalarni topişni taklif qilgan.

Ular qadimgi körinişga keltirilgan qölda çizilgan xaritalarni körsatib, atrofda qimmatbaho artefaktlar kömilganiga odamlarni işontirgan. Firibgarlarga aldanib, qişloq aholisi qaziş işlarini boşlagan va yer ostidan haqiqatan ham qadimiy haykalçalar topilgan. Biroq keyinçalik bu artefaktlarni firibgarlarning özi oldindan kömib qöygani aniqlangan.

Firib şu bilan tugamagan. Jinoiy sxemaga özini ruhoniy sifatida körsatgan şaxs ham qöşilgan. U videomuloqot orqali xazina izlovçilarni haykalçalarni Turkiyada sotiş imkonsiz ekaniga, biroq çet elda ularga talab borligi işontirgan.

Soxta ruhoniy «öz yordami» evaziga pul talab qilgan, natijada firibgarlar 1,32 million dollardan ortiq mablağ yiğişga muvaffaq bölgan. Jabrlanuvçilar aldanganliklarini juda keç tuşunib yetgan.

Mahalliy aholi şikoyatlaridan söng jandarmiya töqqizta viloyatda maxsus operatsiya ötkazgan. Natijada, 25 kişi qölga olingan, ulardan haykalçalar, SIM-kartalar, qurollar va xorijiy valuta musodara qilingan. Hozirda sud jarayoni davom etmoqda.