Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning 2024 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomi uchun da’vogarlar e’lon qilindi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2024 yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatimizning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar nomini ma’lum qildi.
Tashkilot matbuot xizmati xabariga binoan, 2024 yilda 14 nafar futbolchi ushbu sovrin uchun kurash olib boradi. «Yil futbolchisi» nomiga da’vogar 14 futbolchidan 13 nafari O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari, faqat «Dinamo» klubi vingeri Anvarjon Hojimirzayev Srechko Katanets tomonidan bosh jamoaga chaqirilmagan.
O‘zbekistonning 2024 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogar o‘yinchilar ro‘yxati:
Abbosbek Fayzullayev (TsSKA), Husniddin Aliqulov (Rizespor), Abduqodir Husanov (Lans), Odil Hamrobekov (Navbahor), Abduvohid Ne’matov (Nasaf), Jaloliddin Masharipov (Istiqlol Eron), Akmal Mozgovoy (Nasaf), Oston O‘runov (Persipolis Eron), Anvarjon Hojimirzayev (Dinamo), Jamshid Iskanderov (Navbahor), Eldor Shomurodov (Roma), Otabek Shukurov (Al-Feyha), O‘tkir Yusupov (Navbahor), Sherzod Nasrullayev (Nasaf).
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonda yil futbolchisi deb topilgandi.
Mavzuga oid
19:30 / 02.07.2026
Mundial uchun O‘FAga berilgan imtiyozli chiptalar qimmat narxda sotilganmi?
21:25 / 01.07.2026
Jahon chempionatidan qaytgan O‘zbekiston milliy jamoasi tantanali kutib olindi
17:55 / 10.06.2026
O‘zbekistonning JChdagi asosiy libosi ESPN reytingida oxirgi uchtalikka kirdi
12:06 / 20.05.2026