Zelenskiy saylovlarga tayyorgarlikni boshladi - The Economist
Manbalarga ko‘ra, Ukraina prezidenti o‘tgan hafta yig‘ilish o‘tkazib, o‘z jamoasiga o‘t ochish to‘liq to‘xtagandan keyin saylovlarni tashkillashtirish bo‘yicha topshiriq bergan.

Foto: Eyevine
Volodimir Zelenskiy o‘z jamoasiga saylovlar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi, deb yozmoqda The Economist. Nashr manbalariga ko‘ra, saylovlar yozda o‘tkazilishi mumkin.
Qayd etilishicha, Zelenskiy o‘tgan hafta yig‘ilish o‘tkazib, o‘z jamoasiga o‘t ochish to‘liq to‘xtagandan keyin saylovlarni tashkillashtirish bo‘yicha topshiriq bergan — AQSh tomoniga ko‘ra, bu aprel oyi oxirida yuz berishi mumkin. The Economist’ning yozishicha, buning dastlabki tasdig‘i 5 may atrofida paydo bo‘lishi mumkin — ushbu sana Oliy Rada tomonidan harbiy holatni navbatdagi uzaytirish bo‘yicha ovoz berish uchun belgilangan oxirgi muddat hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, harbiy holatning bekor qilinishi saylov jarayonini boshlash uchun zarur bo‘lgan birinchi bosqichdir. Qonunga ko‘ra, targ‘ibot uchun kamida 60 kun talab etiladi, shu bois saylovni eng erta o‘tkazish imkoniyati iyul oyi boshiga to‘g‘ri keladi. Biroq ayrim manbalarning qayd etishicha, saylov organlariga urush sharoitida saylovchilar ro‘yxatini tiklash uchun kamida uch oy kerak bo‘ladi.
Hukumatdagi yuqori martabali manbaning fikricha, Zelenskiy raqiblarini iyul oyidagi saylov bilan «g‘aflatda qoldirishga» harakat qiladi, bu unga qisqa muddatlar qarshiliksiz nomzodini ilgari surish imkonini berishi mumkin. Shuningdek, manbaga ko‘ra, ushbu qaror Ukraina uchun ham foydali bo‘ladi, chunki uzoq davom etadigan prezidentlik kampaniyasi «mamlakatni parchalar yuboradi».
Muxolifat tezkor saylov o‘tkazish yo‘lida ko‘plab logistik to‘siqlar mavjudligini bildirmoqda. Chunki xorijdagi, frontdagi va Rossiya tomonidan bosib olingan hududlardagi millionlab saylovchilar uchun ovoz berish imkoniyatini ta’minlash kerak bo‘ladi. Bunga yechim sifatida «Diya» mobil ilovasi taklif qilinishi mumkin, ammo uning qo‘llanilishi saylov jarayonining shaffofligi borasida savollarni tug‘diradi.
Bundan tashqari, Oliy Radadagi muxolifat partiyalari adolatli saylov o‘tkazish uchun, birinchi navbatda harbiy davr propagandasi va senzurasini bekor qilish zarurligini ta’kidlamoqda.
Fevral boshidan beri Donald Tramp Zelenskiyni tanqid qilib kelmoqda — u Ukraina prezidentini «diktator» deb atab, mamlakatda saylovlar o‘tkazishga chaqirgan edi. O‘z navbatida Vladimir Putin ham Zelenskiyning nolegitimligini bir necha bor ta’kidlagan.
Mart boshlarida AQSh prezidenti atrofidagi to‘rt nafar yuqori martabali mulozim «Batkivshchina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko, shuningdek, sobiq prezident Petro Poroshenkoning «Yevropa birdamligi» partiyasi a’zolari bilan yashirincha uchrashgani ma’lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taqdim etdi
Jahon | 09:56
-
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi
Jamiyat | 09:45
-
Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi
O‘zbekiston | 09:30
-
Berbok Putindan o‘t ochishni so‘zsiz to‘xtatishni talab qildi
Jahon | 09:25
Mavzuga oid

08:50
Zelenskiy Mers Ukrainaga TAURUS raketalari yetkazilishiga rozi bo‘lishiga umid qilmoqda

08:30
Tramp Ukrainada sulhdan umid uzdi va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda

23:14 / 01.04.2025
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi

22:54 / 01.04.2025