Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qorako‘lda Markaziy Osiyodagi eng yirik gaz-kimyo majmuasi qurilishi boshlandi
Buxoro viloyatida yangi “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) quriladi. Erkin iqtisodiy zonada MTO texnologiyasi asosida qurilayotgan gaz-kimyo majmuasiga (GHK) asos solinadi.
Foto: minenergy.uz
Vazirlar Mahkamasi qarori asosida, yakuniy mahsulot ishlab chiqarish uchun yuqori texnologiyali turdosh tarmoqlarni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan sanoat klasterini qurish boshlandi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, MTO (metanoldan olefin olish) texnologiyasiga asoslangan gaz-kimyo majmuasi “Qorako‘l” EIZ yirik ishtirokchisi va tabiiy gaz metanini qayta ishlash imkonini beruvchi MTO texnologiyasi asosidagi polimer mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha respublikadagi eng yirik zavodga aylanadi.
Korxonada O‘zbekiston bozori uchun yangi bo‘lgan polietilentereftalat (PET) va polipropilen (PP), shuningdek, etilenvinilatsetat (EVA) va past zichlikdagi polietilen (LDPE) ishlab chiqariladi.
Majmua yiliga 730 ming tonnagacha polimer mahsulotlari ishlab chiqaradi va mamlakatdagi eng yirik polimer ishlab chiqaruvchi va metandan bunday materiallar ishlab chiqaradigan dunyodagi kam sonli korxonalardan biriga aylanadi.
– Bu mamlakat energetika sanoatini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda yirik gaz-kimyo loyihalarini amalga oshirish uchun birinchi sanoat platformasini yaratishga xizmat qilmoqda. Klaster hudud rivojiga va 2300 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi, – deydi SEG bosh direktori o‘rinbosari, MTO loyiha menejyeri M.Shakirov.
“Qorako‘l” EIZ rezidentlari bir qator soliq, normativ va boshqa imtiyozlardan foydalanadi. Xususan, rezidentlarga 10 yil muddatga mol-mulk va suv ta’minoti uchun soliq imtiyozlari, asbob-uskunalar va xomashyoni bojsiz olib kirish huquqi berilgan. Aksizlar va daromad solig‘i 50 foizga kamaytirilib, yana boshqa imtiyozlar ham qo‘llaniladi.
Vazirlik xabarida aytilishicha, O‘zbekistondagi bir qancha yirik polimer mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar EIZ hududida obektlarni joylashtirishga qiziqish bildirgan. Ular orasida eng yirik gilam ishlab chiqaruvchi SAG va UrGaz, quvur ishlab chiqaruvchi Vero Group va Mergantex to‘qimachilik mahsulotlari bor.
Mavzuga oid
17:40 / 30.04.2026
Buxorodagi tarixiy majmua oldida noqonuniy targ‘ibot: MMA turniri bannerida onlayn qimor o‘yini logotipi ham bor
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
16:29 / 24.04.2026
“Buxoro bo‘yicha alohida yig‘ilamiz” – Madaniy meros agentligi Buxoro etnoturistik markazi haqidagi savolni javobsiz qoldirdi
20:10 / 18.04.2026