Buxoro va Surxondaryoda qariyb 13 kg giyohvand moddaning noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, DXXning Buxoro va Surxondaryo viloyatlari böyiça boşqarmalari hamda bojxona idoralari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Buxoro şahrida yaşovçi 32 yoşli şaxs şaxs boşqaruvidagi Lacetti “Surxondaryo–Buxoro” yönalişida harakatlanayotgan vaqtida Kogon tumani hududida töxtatilgan.
Maşina xolislar iştirokida közdan keçirilganda uning motor qismidagi havo filtri ostiga 993 gr opiy yaşirib qöyilgani foş etilgan.
Muqaddam ham narkojinoyat sodir etgani uçun sudlangan haydovçi narkotik moddani Termiz tumanida yaşovçi, xalqaro yuk taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi 46 yoşli şaxsdan olgani aniqlangan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ikkinçi şaxs ham uşlangan. Uning yonidan muqaddam Afğonistondan kontrabanda qilingan 5 kg va yaşaş xonadonidan esa 7 kg opiy topilgan.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Afğonistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara
.








