Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
Markaziy bank 4 tonna oltin sotdi.
Foto: Bloomberg
O‘zbekiston sentabr oyida dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi, deb xabar berdi World Gold Council.
Xalqaro valuta jamg‘armasi va ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy banklar 2025 yil sentabr oyida rasman 39 tonnaga yaqin oltin sotib oldi. Bu avgust oyiga nisbatan qariyb 79 foizga ko‘p va so‘nggi 12 oydagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori - 27 tonna atrofida.
2025 yil uchinchi choragida jami sof xaridlar taxminan 220 tonnani tashkil etdi, bu ikkinchi chorakka nisbatan 28 foizga yuqori va so‘nggi besh yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 6 foizga ko‘p.
Eng yirik xaridor — Braziliya Markaziy banki bo‘lib, 15 tonna oltin sotib olgan. Uchlikka Qozog‘iston (8 tonna) va Gvatemala (5 tonna) regulyatorlari ham kirgan. Rossiya, Turkiya, Chexiya, Xitoy va Gana ham nisbatan kichik hajmlarda xarid amalga oshirgan.
Yagona oltin sotuvchisi O‘zbekiston Markaziy banki bo‘lib, 4 tonna oltin sotgan. Yillik kesimda respublika 21 tonna bilan dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi maqomini saqlab qolib, Singapur va Rossiyani ortda qoldirmoqda.
Mavzuga oid
20:45 / 28.12.2025
2025 yilning III choragida bo‘sh ish o‘rinlari soni oshdi – Markaziy bank
13:27 / 27.12.2025
O‘zbekistonda real ish haqi o‘sishi mintaqa davlatlariga nisbatan tezlashdi – Markaziy bank
15:30 / 25.12.2025
Markaziy bank moliya tashkilotlarida oldindan ogohlantirmasdan tekshiruv o‘tkazadi
07:27 / 25.12.2025