Naqdsiz tölov tartibi tufayli, 1 apreldan boşlab aholida qölidagi naqd pulini kartaga kiritişga bölgan talab keskin oşadi. Lekin amaliyotda kartani bankomat yoki terminal orqali töldirganda, 3 foizgaça komissiya olinadi. Markaziy bank raisi birinçi örinbosari bu bozor va raqobat masalasi ekani, regulyator bunga aralaşa olmasligini aytdi. “Qaysi bank qulay taklif bersa, mijoz öşani tanlaydi”, dedi u.

27 mart kuni ötkazilgan matbuot anjumanida 1 apreldan boşlab joriy etiladigan yangi tartib – bir qator tölovlar va savdolarni töliq naqdsiz şaklga ötkaziş mexanizmlarini batafsil tuşuntirdi.

Yangi tartibga köra, kommunal tölovlar, davlat xizmatlari, alkogol va tamaki mahsulotlari, şuningdek köçmas mulk va işlab çiqarilganiga 10 yildan oşmagan avtotransport vositalari oldi-sotdisi faqat naqdsiz şaklda amalga oşiriladi.

Rasmiylar bu qaror ortida turgan asosiy maqsadni – şaffof iqtisodiyotga ötiş va tölovlarni soddalaştiriş bilan izohladi.

“Bu – fuqarolar uçun qulaylik yaratiş, tölovlarni tez va uzluksiz amalga oşiriş uçun qilinmoqda”, dedi Markaziy bank raisi örinbosari Nodir Saydullayev.

Uning ta’kidlaşiça, asosiy vazifa – şunday tizim yaratişki, fuqaro tölov usuli sabab tovar yoki xizmatsiz qolmasin. Şu maqsadda banklar tomonidan “lahzalik kartalar” joriy etilmoqda. Masalan, yoqilği quyiş şoxobçasiga kelgan mijozda karta bölmasa, unga joyida karta rasmiylaştirib berilişi mumkin. “Fuqaro xizmatdan foydalanmay çiqib ketmasligi kerak – biz şaroitni şunga moslayapmiz,” dedi Saydullayev.

Brifingda muhokama qilingan masalalardan biri – bank komissiyalari böldi. Rasmiy ma’lumotga köra, davlat banklari köçmas mulk operatsiyalari uçun maksimal 206 ming söm, avtomobil savdosi uçun esa 103 ming söm miqdorida komissiya belgilagan.

Misol tariqasida keltirilişiça, “400 million sömlik uy sotib olişda ilgari örtaça 0,5 foiz, ya’ni 2 million söm komissiya tölangan bölsa, endi bu summa atigi 206 ming sömni taşkil etadi”.

Statistik ma’lumotlar ham e’tiborga loyiq: 2025 yilda Özbekistonda 600 mingga yaqin avtomobil va 300 mingga yaqin köçmas mulk oldi-sotdisi amalga oşirilgan. Bu esa yangi tizim qançalik katta hajmdagi operatsiyalarni qamrab olişini körsatadi.

Soliq qömitasi raisi örinbosari Jahongir Abdiyev esa yangi tartibning qamrovi haqida aniq raqamlarni keltirdi. Uning sözlariga köra, “28 ming turdagi mahsulot uşbu talabga tuşadi, bu esa sotuvdagi umumiy mahsulotlarning 7 foizini taşkil etadi”. Şundan 22 mingdan ortiği alkogol va tamaki mahsulotlariga töğri keladi. Yana 5 mingta mahsulot – qiymati 25 mln sömdan yuqoriligi uçun şu tartib doirasiga tuşadi.