Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarga o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilgani haqida xabar beruvchi xizmat yo‘lga qo‘yildi
Xizmat orqali fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan har qanday kredit haqida darhol SMS va KATM mobil ilovasi orqali PUSH xabarnoma oladi.
KATM Kredit byurosi tomonidan “Kredit-xabarnoma” nomli yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, xizmat orqali fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan har qanday kredit haqida darhol SMS va KATM mobil ilovasi orqali PUSH xabarnoma oladi.
Shuningdek, foydalanuvchilar o‘z kredit tarixini nazorat qilib borishi mumkin bo‘ladi.
Xizmatni faollashtirish uchun mobil ilovadagi “Qo‘shimcha xizmatlar” bo‘limidan “Kredit xabarnoma” funksiyasini yoqish talab etiladi. Bunda “SMS xabarnoma” xizmati oldindan ulangan bo‘lishi lozim. Xizmat narxi 4 614,40 so‘mni (QQS bilan) tashkil etadi va 365 kun davomida amal qiladi.
Agar foydalanuvchiga kredit rasmiylashtirilgani haqida xabar kelib tushsa va u kreditni o‘zi olmagan bo‘lsa, mutaxassislar zudlik bilan kredit tarixini tekshirish, “Kreditga taqiq” xizmatini yoqish, kredit rasmiylashtirgan tashkilot hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish tavsiya etilmoqda.
Mavzuga oid
13:12 / 18.06.2026
Prezident yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish muhimligini ta’kidladi
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026