O‘zbekiston | 10:26 / 15.02.2020
18737
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tashqi razvedka va kontrrazvedka faoliyati alohida qonun bilan tartibga solinadi

O‘zbekistonda “Kontrrazvedkaviy faoliyat to‘g‘risida” va “Tashqi razvedka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihalari ishlab chiqiladi

Foto: KUN.UZ

Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 iyulga qadar “Kontrrazvedkaviy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada:

kontrrazvedkaviy faoliyat sohasidagi asosiy tushunchalar, prinsiplar, vazifalar va huquqiy asoslarni belgilash;

kontrrazvedkaviy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar, ma'lumotlarni yig‘ish va ulardan foydalanish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

 Mas'ullar - DXX, vazirlik va idoralar.

Shuningdek, 2020 yil 1 iyulgacha “Tashqi razvedka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqiladi.

Loyihada:

tashqi razvedka sohasidagi asosiy tushunchalar, prinsiplar, vazifalar va huquqiy asoslarni belgilash;

tashqi razvedkani tashkil etish bo‘yicha tadbirlar, ma'lumotlarni yig‘ish va ulardan foydalanish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

Mas'ullar - DXX, vazirlik va idoralar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid