O‘zbekiston | 09:47 / 02.02.2022
18286
2 daqiqa o‘qiladi

Pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritiladi

Joriy yil 1 fevral kuni Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Kun.uz

Majlisda “Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, qonun bilan Mehnat, Fuqarolik va Soliq kodekslariga hamda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi, “Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunda bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqtining hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yillik davrni ish stajiga qo‘shib hisoblash ko‘zda tutilayotgani qayd etildi, bu ilgari 3 yil edi.

Avvalroq, O‘zbekistonda pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqining eng yuqori miqdori oshirilishi xabar berilgandi.

2023 yil 1 yanvaridan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshiriladi.

Pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqi maksimal miqdorining 12 barobaridan kelib chiqqan holda “Pensiya” dasturiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Mavzuga oid