Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqining eng yuqori miqdori oshiriladi
“2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvaridan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi tayyorlanadi.
Bundan tashqari, pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqi maksimal miqdorining 12 barobaridan kelib chiqqan holda “Pensiya” dasturiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Mavzuga oid
21:32 / 07.04.2026
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi?
17:46 / 18.02.2026
Pensiya yoshiga yetgan shaxslarga jamg‘arilgan pensiya avtomatik to‘lab beriladi
21:29 / 07.08.2025
“Oyligim oshmayapti” - xodim va ish beruvchi orasidagi doimiy muammo
20:56 / 23.07.2025